РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

"Bertelsmann Stiftung" tashkilotining vakillari bilan uchrashuv

Diana Gardanova
26
Fev 2020
299 marta ko'rildi

"Bertelsmann Stiftung" tashkilotining vakillari bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari – Odilbek Isakovning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatimizning GFRdagi elchixonasi ko‘magida Guterslo shahrida Bertelsmann jamg‘armasining ("Bertelsmann Stifftung") rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tashkilotning Barqaror iqtisodiyot shakllantirish dasturi bo‘yicha katta direktori – Dr. Stefan Empter, Bertelsmann “Transformasiya” indeksining ("Bertelsmann Transformation Index", keyingi o‘rinlarda – indeks) katta ekspertlari – Dr. Xauke Xartman va Sabine Donner ishtirok etib, tashkilot tomonidan yuritiladigan indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rni, respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun: Mazkur indeks hisoboti har ikki yilda bir marotaba chop etilib, o‘z ichiga Boshqaruv (Governance) va Ctatus (Status) sub-indekslarini olgan holda, mamlakatlarning siyosiy-huquqiy yo‘nalishdagi yangi bosqichga o‘tish (transformasiya) jarayonini  baholab boradi hamda xorijiy davlatlarning hukumatlari, Jahon banki va "Transparensy International" kabi xalqaro tashkilotlar hisobotlari uchun foydalaniladi.

2018 yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 129 ta mamlakat orasida  Boshqaruv indeksida 2,55 ball bilan 117-o‘rin va Status indeksida 3,73 ball bilan 108-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, Bertelsmann jamg‘armasi Birlashgan millatlar tashkilotining “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ni ishlab chiqishda ko‘maklashuvchi tashkilot hisoblanadi.

Indeks dunyoning ilg‘or oliy o‘quv yurtlari hamda mahalliy institutlardan har bir mintaqa uchun tanlab olingan jami 248 nafar ekspertdan iborat guruhlar tomonidan taqdim etiladigan tahliliy ma'lumotlarni umumlashtirgan holda e'lon qilib boriladi.

Tashkilot tomonidan davlatlarni har bir indeks bo‘yicha baholashda quyidagi omillar muhim ahkamiyatga ega:

- Boshqaruv sub-indeksida davlatlar boshqaruvidagi siyosiy qarorlarning qabul qilinishida hukumat boshqaruvining sifati hamda boshqaruvning murakkablik darajasi;

- Status sub-indeksida davlatlarning rivojlanish darajasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy holatlari (transformasiya).  

Tashkilotning boshqaruv va status sub-indekslarini ishlab chiqishda ekspertlar Jahon bankining Butun jahon rivojlanish indikatorlari yillik hisoboti hamda BMT Taraqqiyot dasturinig Inson taraqqiyoti hisobotidan asosiy manbaa sifatida foydalanadi.

Mamlakatlarni baholash jarayonida ekspertlar 17 ta o‘lchov va 49 ta ko‘rsatkich bo‘yicha ish olib borib, mahalliy va xorijiy ekspertlar 49 ta ko‘rsatkich bo‘yicha har bir davlatda o‘tkazilgan so‘rovnomalardan (1 dan 10 ballgacha) foydalanadi.

Bertelsmann “Transformasiya” indeksining kelgusi 2020 yil uchun hisoboti joriy yilning mart oyida chop etilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Fevral 2020 15:01

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 316 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!