РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi o‘tkazildi

Diana Gardanova
26
Fev 2020
648 marta ko'rildi

2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi muhokamasi o‘tkazildi

Concrete

2020 yil 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi binosida 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish Strategiyasi Xalqaro moliyaviy institutlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.

Strategiya Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizning budjet tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarni yagona kompleks hujjatda birlashtiradi. Davlat moliyasi haqidagi keng qamrovli ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, natijadorlik va samaradorlikka o‘tish bo‘yicha soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni ishlab chiqish, soliq-budjet javobgarligi va hisobdorligini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarni nazarda tutadi.

Concrete

Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) metodologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan davlat moliyasini boshqarish samaradorligini va Xalqaro valyuta jamg‘armasining soliq-budjet sohasidagi shaffoflik Kodeksiga muvofiq (FTE) budjet-soliq sohasida davlat moliyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar shaffofligi bo‘yicha 2018-2019 yillarda o‘tkazilgan baholashlar Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi.

Concrete

            Ushbu baholashlar natijalari va amaldagi budjet tizimidagi muammo va kamchiliklarni hisobga olib, Strategiya loyihasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:

  • budjet ustuvorligini ta'minlash va budjet jarayoni ishtirokchilarining funksiya va vazifalarani qayta ko‘rib chiqish;
  • davlat moliyasi to‘g‘risidagi keng qamrovli ma'lumotlarning shaffofligini ta'minlash hisobiga budjet ma'lumotlarining qamrab olinishini, solishtiriluvchanligini va yaxlidligini ta'minlash;
  • budjet jarayonini mustahkamlash, o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish, budjetning samaradorlik va natijadorlikka yo‘naltirilganligini oshirish va davlat investisiyalari samaradorligini oshirish orqali soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish;
  • - tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish orqali tavakkalchiliklar, aktivlar va majburiyatlarni samarali boshqarish, aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash hamda davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish;
  • - budjet hisobi standartlarini unifikasiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali fiskal javobgarlik va hisobdorlikni kuchaytirish;
  • - Davlat moliyasini boshqarish sohasida qonunchilik bazasini mustahkamlash, makro – fiskal tahlil funksiyalarini mustahkamlash, soliq xizmatini ko‘rsatish sifatini oshirish va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish orqali institusional va qonunchilik bazasini mustahkamlash.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Fevral 2020 14:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 404 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!