РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish

Diana Gardanova
26
Fev 2020
546 marta ko'rildi

O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasida  MHXSga o‘tish tarixining yangi sahifasini ochib beradigan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 4611-son Qarorni imzoladi.

Qabul qilingan hujjat tadbirkorlik sub'ektlarini MHXSga o‘tishga tayyorgalik ko‘rish va muvofiqlashtirish jarayonini tubdan qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi

Xususan: 

1) 2021 yil yakunidan boshlab majburiy ravishda MHXS asosida moliyaviy hisobotini tayyorlaydigan yuridik shaxslar ro‘yxati belgilangan. Mazkur ruyxatga aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kiritilgan. Buning uchun, keltirilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobining yuritilishini tashkil etishga, shuningdek MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta'minlanishga majbur hisoblanadi. Bundan tashqari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi 2020 yildan boshlab, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o‘tish jadvalini har yili tasdiqlaydi va 1 iyunga qadar rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.

2) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli vazifalar yuklatilgan holda MHXSni joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilangan va ushbu vazifalarni bajarish uchun vazirlik tarkibida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va e'lon qilinadigan moliyaviy hisobot sifatining tashqi nazorati bo‘limi yaratiladi;

Yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan ko‘plab malakali mutaxassislar tayyorlashni e'tiborga olgan holda hujjatda maxalliy kadrlarni tayyorlashning mutlaqo yangi kompleks yondashuvni nazarda tutadi.

1. 2020-2025 yillar davomida birinchi marta MHXS bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, shuningdek, buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan qoplanadi. Shuni alohida takidlash lozimki, ushbu mexaniz oliy ta'lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlari, davlat organlari xodimlari, oliy ta'lim muassasalarining talabalari va bitiruvchilari (tugatgandan so‘ng olti oy davomida)ga nisbatan tadbiq etiladi. 

2. Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar oliy ta'lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilinish huquqi mavjud.

Mazkur tadbirlar nafaqat MHXS sohasida yetarli bo‘lgan malakali amaliyotchi mutaxasislarni o‘z vaqtida tayrlaydi, balki kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishni ta'minlab berishi  ham kutilmoqda.

Bundan tashqari keltirilgan hujjatda Moliya vazirligiga quyidagi topshiriqlar berilgan:

Moliyaviy hisobotning yagona standartlarini ishlab chiqadigan va tasdiqlaydigan xalqaro mustaqil tashkilot hisoblangan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari Jamg‘armasi bilan bitim tuzish hamda MHXS va unga tushuntirishlar matnlarini davlat tiliga tarjima qilish bo‘yicha tadbirlar xarajatlarini qoplash;

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va audit sahosidagi mutaxasislarni tayyorlashning xalqaro amaliyotini o‘rganish natijalari bo‘yicha “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta'lim yo‘nalishining kunduzgi o‘quv shakli muddatini qisqartirish imkoniyati to‘g‘risida taklif kiritish.

Ko‘rilayotgan chora tadbirlar to‘g‘risida yanada to‘liq axborotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan seminar va mavzuli uchrashuvlarda doirasida olish mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Fevral 2020 14:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 248 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!