РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi

Diana Gardanova
26
Fev 2020
62 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi

Concrete

Respublikamizda iqtisodiyotni liberallashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi va xorijiy investisiyalarni jalb etuvchi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar soni ortib bormoqda. Shundan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo‘llashning ob'ektiv zarurati milliy iqtisodiyotlarning o‘zaro bog‘liqligi va ochiqligining ortib borishi natijasida yuzaga kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4611-sonli Qarori moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning strategik yo‘nalishlarini, shu jumladan investorlarning ham, shuningdek xalqaro prinsiplarga muvofiq moliyaviy axborotlarni solishtirilishi ta'minlanishini hisobga olgan holda keng joriy etishga yo‘naltirilgan.

MHXSni tizimli joriy etilishini ta'minlash maqsadida: 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish jarayonini muvofiqlashtiruvchi va monitoringini amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi;

Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini va mazkur sohada kadrlarni tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etishning “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi” o‘n sakkizta chora-tadbirlarni qamrab olgan, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan e'lon qilinadigan moliyaviy hisobotlarni sifatini xalqaro prinsiplarga muvofiqligi nazoratini o‘tkazishga, shuningdek quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:

I. MHXSni joriy etish jarayonini tizimlashtirish va uning natijadorligini oshirish.
 
Quyidagi:

  • moliyaviy hisobotni ixtiyoriy ravishda MHXSga muvofiq tayyorlovchi tadbirkorlik sub'ektlari buxgalteriya hisobining milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi bo‘yicha; 
  • aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobining yuritilishini tashkil etishi bo‘yicha;
  • 2021 yil yakuniga qadar buxgalterlarni xalqaro setifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ASSA)”, “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (SRA)” va “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” sertifikatlaridan (keyingi o‘rinlarda xalqaro buxgalter sertifikati deb ataladi) biriga ega bo‘lgan uch nafar mutaxassisdan kam bo‘lmagan miqdorda MHXSni sifatli qo‘llash uchun yetarli bo‘lgan buxgalteriya xizmati xodimlari bilan ta'minlanishi bo‘yicha normalar nazarda tutilgan.

II. Kadrlarni tayyorlash va oliy ta'limning buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo‘nalishlari sifatini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar.

MHXS bo‘yicha sifatli va samarali o‘quv jarayonini ta'minlash maqsadida 2021 yildan boshlab MHXSni va auditning xalqaro standartlarini o‘qitish faqat buxgalteriya hisobi sohasidagi halqaro tashkilotdan akkreditasiyadan o‘tgan ta'lim muassasalarida nazarda tutilmoqda.

Bunday akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlari MHXS va AXS bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish faoliyatini lisenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga amal qilish sharti bilan, tegishli lisenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga egadir. 

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligiga oliy ta'limning buxgalteriya hisobi va audit ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi aniq topshiriqlar belgilangan:

  • 2020 yil 1 avgustga qadar bakalavriat ta'lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha MHXSni chuqur o‘rganishni nazarda tutuvchi yangilangan o‘quv dasturini tasdiqlash va belgilangan tartibda o‘quv jarayoniga joriy etish;
  • 2020 yildan tajriba oliy ta'lim muassasalarining (dastlabki bosqichda - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Farg‘ona politexnika institutining) o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazishi;
  • “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlarning akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitishi;
  • 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, tajriba oliy ta'lim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari faqat xalqaro sertifikatlash doirasida “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisobot” yoki “AXS bo‘yicha audit” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to‘g‘risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tomonidan o‘qitilishi.
  • Buxgalteriya kasbiga yoshlarni jalb qilish maqsadida xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga oliy ta'lim muassasalari magistraturasining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarini topshirmasdan qabul qilinish huquqi berilmoqda.

III. MHXS bo‘yicha buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni o‘qitishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. 

Pedagog kadrlarning MHXSni bo‘yicha professional malakasini oshirish va yoshlarni uni o‘rganishga bo‘lgan qiziquvchanligini oshirish maqsadida 2020-2025 yillar davomida akkreditasiyadan o‘tgan o‘quv markazlarida MHXS bo‘yicha o‘qitish, malakasini oshirish, interaktiv usullarni qo‘llagan holda o‘qitish, shuningdek buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasida dastlabki ro‘yxatdan o‘tish va imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan, quyidagi tartibda, moliyalashtirilishi nazarda tutilmoqda:

  • oliy ta'lim muassasalarining “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” fanlari bo‘yicha pedagog xodimlari imtihon topshirishi uchun birinchi urinishga – to‘liq hajmda, ikkinchi urinishga – imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanishi;
  • oliy ta'lim muassasalarining talabalari va bitiruvchilari uchun ular (tugatgandan so‘ng olti oy davomida) imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda to‘liq hajmda, ikkinchi urinishga imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanishi;
  • davlat organlari uchun ularning buyurtmanomasiga asosan o‘zining xodimlari uchun imtihon topshirishi uchun birinchi urinishga to‘liq hajmda, ikkinchi urinishga imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish summasining 50 foizi miqdorida qoplanishi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxasislarni tayyorlashning xalqaro amaliyotini o‘rganish natijalari bo‘yicha “Buxgalteriya hisobi va audit” bakalavriat ta'lim yo‘nalishining kunduzgi o‘quv shakli muddatini qisqartirish imkoniyati, shuningdek Buxgalterlarni milliy sertifikatlash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishi yuzasidan topshiriq berildi.

Shuningdek, MHXS matnini davlat tiliga tarjima qilish, buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga mos ravishda gormanizasiya qilish, MHXSga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlarga moslashtirilgan soliq hisoboti shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha chora tadibrlar nazarda tutilgan.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 26 Fevral 2020 14:14

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd