РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash

Diana Gardanova
24
Fev 2020
53 marta ko'rildi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash

Concrete

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo’yicha kadrlar tayyorlashning sifatli tizimi, ushbu sohada yuqori malakali pedagog kadrlar faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liqdir.

Moliya vazirligi MHXS bo’yicha mutaxassislarni, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, talabalar va davlat organlari xodimlarini o’qitishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berishda faol ishlar olib bormoqda.

2020 yilning 20-21 fevral kunlari Moliya vazirligi ATS International xalqaro ekspert delegatsiyasi- Dilip Patel (boshqaruvchi direktor) va Elena Naumenko (Rossiya va MDH mamlakatlarining hududiy vakili) bilan uchrashuv o’tkazdi.

Concrete

Ma’lumot uchun:

ATC International (Buyuk Britaniya) buxgalteriya hisobi, moliya, xodimlarni boshqarish va loyihalarni boshqarish sohasida xalqaro malakali dasturlar hamda kommunikatsion imkoniyat, etakchilik, emotsional intelekt va biznes xodimalarini boshqa ko’nikmalarini rivojlantirish dasturi bo’yicha bosh provayderlardan biri hisoblanadi.

Uchrashuvda moliya vazirining o’rinbosari Dilshod Sultanov mamlakat iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida MHXSni keng qo’llashning ob’ektiv zarurati yuzaga kelishini ta’kidlab o’tdi. Bunda MHXSni  amaliyotga joriy etishning turli xil bosqichlarida axborot muhiti va MHXSni qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

ATC International vakillari o’quv jarayonini takshil etishda jumladan o’qitishning interaktiv uslublarini qo’llash va imtihon o’tkazishning zamonaviy tizimini joriy etish bo’yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

ATC International mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallarining yakuniy natijasi asosida buxgalterlarning xalqaro sertifikatlash doirasida kadrlar tayyorlashning asosiy masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga uchrashuv ishtirokchilari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qo’shadigan hisob, audit, moliya va menejment sohalarida keng qamrovli mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishlari bo’yicha hamkorlikni davom ettirish istagi borligini bildirishdi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 24 Fevral 2020 18:31

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 389 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd