РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuv

Diana Gardanova
10
Fev 2020
266 marta ko'rildi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligining maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashuv

Concrete

Moliya vazirligida joriy yilning  7 fevral kuni, Bosh vazir o'rinbosari va moliya vaziri Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo'yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida, tomonlar mamlakatlarning sayyohlik, energetika, geologiya, qishloq xo'jaligi, fuqaro aviatsiyasi, transport va logistika sohalarida o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va va rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi qayd etishdi.

Concrete

Jumladan, janob Loro O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil oktabr oyida Fransiyaga qilgan Davlat tashrifidan so'ng mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlik yangi yuqori-dinamilkali bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi. Tashrif yakunlari bo'yicha 10 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolangani qayd etildi. Paskal Loro shuningdek, aviatsiya, transport, logistika va energetika sohalaridagi hamkorlik doirasidagi ko'plab loyihalar bo'yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Fransiya kompaniyalarining joriy yil mart oyida bo'lib o'tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga yuqori qiziqishini alohida ta'kidladi.

Janob Loro Fransiyaning “Renault Group” va “EDF Energy Group” kabi bir qator yirik kompaniyalar O'zbekistonga qiziqish bildirayotganini ham aytib, “EDF Energy Group” DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi.

O'z navbatida, moliya vazirligi tarafidan, O'zbekiston Fransiya bilan keng ko'lamli hamkorlik portfeliga ega ekanligini ta'kidlandi. Xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi, “Veolia Environment” va “Total Eren” bilan hamkorlikda qator yirik loyihalar rejalashtirilgani va amalga oshirishirilayotganini qayd etildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 10 Fevral 2020 17:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 374 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!