РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti vakansiya (bo’sh ish o’rin)larga tanlov e’lon qiladi

Diana Gardanova
07
Fev 2020
81 marta ko'rildi

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti vakansiya (bo’sh ish o’rin)larga tanlov e’lon qiladi

Concrete

Rahbariyat:

Direktor o’rinbosari – 1 ta

Makroiqtisodiy va byudjet siyosatini takomillashtirish loyihasi:

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari –1 ta, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan byudjet siyosati bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish, ularni taklmillashtirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlaydi, makroiqtisodiy va ijtimoity jarayonlarni o’rganadi, makroiqtisodiy indikatorlarni taxlil etadi.

Bosh mutaxassis –2 ta – xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam o’rganib boradi, byudjet qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chikadi.

Etakchi mutaxassis –1 ta –  byudjet xarajatlarini rejalashtirish va tashkil etishda xalkaro tajribalarni o’rganadi, byudjet qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chikadi.

1-toifali mutaxassis –1 ta – byujet jarayoni samaradorligini oshirish buyicha amaliy tavsiyalar ishlab chikishda ishtirok etadi, davlat byudjeti xarajatlar qismini rejalashtirish, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish  uchun takliflar tayyorlashda ishtirok etadi. 

Soliq bojxona va tarif siyosatining takomillashtirish loyihasi:

Bo’lim boshlig’i - 1ta - bo’lim ishini muvafiqlashtiradi va boshqaradi, soliq va bojxona - tarif siyosati sahasida amaliy, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va olib boradi, va ularni takomillashtirish buyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi, institut ish rejasini shakillantirishda ishtirok etadi.

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari - 0,5 ta - soliq va bojxona -tarif siyosati rivojlantirish tendentsiyalarini va ushbu sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni taxlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash uning uslublari samaradoligini oshirishni o’rganadi va takliflar tayyorlaydi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirishni takommillashtirish loyihasi

Bo’lim boshlig’i - 1ta - Iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish soxasida ilmiy-tadqiqot, fundamental amaliy ishlarni tashkil etish va olib borish, ularni takomillashtirish amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bosh mutaxassisi - 1ta
Etakchi mutaxassis - 1 ta
1-toifali mutaxassis - 0.5 ta

Byudjet xisobi, audit va moliyaviy nazorat tizimini takomillashtirish loyihasi:

Bo’lim boshlig’i - 1ta - byudjet hisobi, audit va moliyaviy nazoratni takomillashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqot, fundamental hamda amaliy ishlarni tashkil qiladi va olib boradi, ularni takomillashtirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqib, tegishli tashkilotlarga taqdim etilishini ta’minlaydi.

Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini o’rganish va tahlil qilish byurosi:

Bosh mutaxassis - 1ta - raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini o’rganish, tahlil qilish va amaliyotda qo’llash bo’yicha ilmiy-tadqiqot, fundamental xamda amaliy ishlarni tashkil qilish, mavjud mexanizmlarni takomillashtirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Tanlov 2020 yil 5 fevraldan 5 mart qadar o’tkaziladi.  

Institutning vazifalari va yo’nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 maydagi PQ-3752-sonli qarorida yoritilgan.

Biz yaxshi kollektivda ish, raqobatbardosh ish haqi, ijtimoiy paket va faoliyatimiz doirasida malaka oshirish uchun imkoniyatlarni taklif etamiz. 
Nomzodlarga qo’yiladigan talablar: Ma’lumoti – oliy (moliyaviy va iqtisodiy), davlat byudjeti va soliqqa tortish sohasida kamida 3 yil ish staji, chet tillarni bilish, shaxsiy kompyuterdan ishonchli foydalanish (MS Office, Stata, Eviews) taklif qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun kuyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:  (97) 149-02 -72; (94) 696-54-53

Nomzodlar rezyumesi  quyidagi manzilga yuborilsin: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.; Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра..
 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 07 Fevral 2020 18:05

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 364 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd