РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Diana Gardanova
05
Fev 2020
389 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Jahon banki hamkorligida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Concrete

Joriy yilning 4-5 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshiriladigan “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasining ochilishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Jahon bankining mintaqaviy departament direktorlari, davlat moliyaviy boshqaruv sohasidagi yetakchi ekspertlar, xalaqro moliyaviy institutlar vakillari, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari hamda milliy ekspertlar ishtirok etmoqda.

Concrete

Mazkur loyiha doirasida 2019-2024 yillar davomida mamlakatamizda davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, korporativ sektorning bozor amaliyotlari uchun sharoitlarni yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Umumiy qiymati 33 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro Taraqqiyot Asosiasiyasi tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu loyiha 3 ta muhim yo‘nalishlardan iborat bo‘lib, loyihaning:

birinchi komponenti - Davlat moliyasini boshqarish sohasini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, byudjet xarajatlarining natijadorligini oshirishga qaratilgan samarali mexanizmlarni joriy etish, davlat investisiyalarini boshqarish jarayonini takomillashtirish, davlat ichki nazorati va ichki auditi tizimini takomillashtirish kabi sohalarni qamrab oladi.

Concrete

ikkinchi komponenti davlat aktivlarini samarali boshqarish hamda davlat korxonalarini isloh qilishga qaratilgan bo‘lib, davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlarni takomillashtirish, davlat korxonalari faoliyatini nazorat qilish va boshqarishning zamonaviy bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida tashkil etish, boshqaruv instrumentlarini ishlab chiqish, xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sohasida ishtirok etuvchi barcha davlat tashkilotlarining salohiyatini oshirish;

uchinchi komponenti doirasida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu maqsadda tashkil etilgan Iqtisodiy kengash faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.

Concrete

Seminarda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlar tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi, institutsional salohiyatni oshirish, ya'ni milliy mutaxassislarning bilim va tajribasini oshirish bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasining omillaridan biri ekanligi yurtboshimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ham ta'kidlanganligini qayd etdi.

O‘z navbatida Jahon Banki vakillari tomonidan ham o‘z ishini boshlagan ushbu loyiha ikkala tomon o‘rtasidagi aloqalarning yangi bosqichi ekanligini ta'kidlandi. Shuningdek, mazkur loyiha orqali Jahon Banki O‘zbekistonda ro‘y berayotgan institutsional o‘zgarishlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlashini ma'lum qilgan holda bunday samarali hamkorlik yanada kengroq ko‘lamda davom etishini qayd etdi.

Concrete

Kunning birinchi qismida vazirlik va idoralardan tashrif buyurgan mutaxassislarning loyihaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar batafsil muhokama qilindi. Kunning ikkinchi qismi esa “workshop” shaklida amalga oshirilib, xalqaro hamda milliy mutaxassislar o‘zaro ishchi guruhlarga bo‘lingan holda o‘zlariga tegishli sohalarda kadrlar salohiyatini oshirish hamda buning loyiha davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlar rejasining muhokamasiga bag‘ishlandi.

Ochilish marosimi yakunida seminar ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan harakatlar rejasining muhokamasidan olingan xulosalar tinglanib, loyihaning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 05 Fevral 2020 11:16
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #kunraqami #kunraqami »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 472 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!