РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Buxgalteriya hisobi va audit sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik

Diana Gardanova
31
Yan 2020
563 marta ko'rildi

Buxgalteriya hisobi va audit sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirishda xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik

Concrete

2020 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (XBF, IFAC), Jahon banki, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assosiasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvning asosiy maqsadi auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng joriy etish, hamda ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini har tomonlama muhokamasiga bag‘ishlandi.

Concrete

2020 yil 1 yanvardan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tomonidan nashr etiladigan Auditning xalqaro standartlari  asosida amalga oshiradi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash bo‘yicha milliy qonunchilikda ishlar olib borilmoqda.

Uchrashuv jarayonida Moliya vaziri o‘rinbosari D.Sultanov, xalqaro standartlarga muvofiq buxgalteriya hisobi va audit tizimini kelgusidagi rivojlanishi haqida ta'kidladi.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar (XBFning katta texnik menejeri Mariya Chuvasheva, xalqaro tashkilotlar moliyaviy konsultanti Jon Xuper, Jahon bankining moliyaviy boshqaruv bo‘yicha katta mutaxassisi Natal'ya Manuilova) MDH davlatlarida xalqaro standartlarni joriy qilish tajribasi amaliyoti va ularni qo‘llash jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal etishga doir tajribalari bilan bo‘lishishdi.

 Uchrashuv yakunida qatnashchilar xalqaro standartlarni qo‘llashda ilg‘or tajribadan foydalanish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik muhimligini ta'kidladilar.

Concrete

Ma'lumot uchun:

Xalqaro Buxgalterlar Federatsiyasi

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (XBF) – buxgalter kasbi vakillarining butunjahon professional tashkiloti, 1977 yilda ta'sis etilgan bo‘lib, jahonning 130 mamlakatida 175 haqiqiy va uyushgan a'zolarga ega bo‘lib, o‘z saflarida davlat sektori, sanoat, savdo, davlat sektori va ta'lim muassasalarida band bo‘lgan  uch million nafar ommaviy amaliyotdagi buxgalterni birlashtirgan.

XBF bosh vazifasi  jamiyat manfaatlariga xizmat qilish bo‘lib, yuqori sifatli xalqaro standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish va joriy etishga o‘z hissasini qo‘shish, kuchli professional buxgalterlik tashkilotlari va auditorlik tashkilotlarining rivojlanishi, hamda professional buxgalterlar tomonidan yuqori sifatli amaliyotlar qo‘llanilishiga o‘z hissasini qo‘shish, butun jahonda professional buxgalterlarning mavqei yuksalishiga ko‘maklashish,  buxgalterlik kasbi sohasida masalalar yuzaga kelganda jamiyat manfaatlariga rioya etilishini ta'minlashga xizmat qiladi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 31 Yanvar 2020 19:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 494 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!