РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2020 yil 20 yanvar kuni o‘tkazilgan auksion haqida ma’lumot

Diana Gardanova
23
Yan 2020
58 marta ko'rildi

Davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha 2020 yil 20 yanvar kuni o‘tkazilgan auksion haqida ma’lumot

Concrete

2020 yil 20 yanvarda O‘zbekiston Respublika Valyuta birjasida o‘tkazilgan elektron savdolarda umumiy hajmi 500 mlrd. so‘m, shu jumladan muomala davri 9 oylik g‘aznachilik majburiyatlari - 300 mlrd. so‘m, 24 oylik g‘aznachilik obligatsiyalari - 200 mlrd. so‘m miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirildi.

Auksion natijalariga ko‘ra, 9 oylik (diskontli) g‘aznachilik majburiyatlarining o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,18 foizni (qabul qilingan buyurtmalar hajmi - 368 mlrd.so‘m), 24 oylik g‘aznachilik obligatsiyalarining o‘rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,87 foizni (buyurtmalar hajmi - 453,2 mlrd.so‘m) tashkil etdi.

Davlat qimmatli qog‘ozlariga talab taklifga nisbatan 1,6 barobarni tashkil etgani, asosan, tijorat banklarida o‘z portfelida minimal riskka ega bo‘lgan yuqori likvidli instrumentlarning salmog‘ini oshirishga bo‘lgan intilishni aks ettiradi. Shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari garov ostida moliyaviy mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari kengaytiradi.

Shu bilan birga, g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari bo‘yicha o‘rtacha tortilgan daromadlilikning oshishi Markaziy bank tomonidan moliyaviy resurslarga bo‘lgan narxning Markaziy bank asosiy stavkasiga (yillik 16 foiz) yaqinlashtirishga qaratilgan pul-kredit siyosati operatsiyalarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi.

Xususan, Markaziy bank qisqa muddatli obligatsiyalarining chiqarilishi davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida qo‘shimcha taklifni vujudga keltiradi hamda bank tizimidagi likvidlikni kamaytirib, mos ravishda moliyaviy resurslarning narxiga ta’sir ko‘rsatadi.

Moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini kelgusida chiqarishda ichki moliya bozorlaridagi real holat va davlat qimmatli qog‘ozlariga talabni inobatga olgan holda, davlat qarz portfelini diversifikatsiyalash va ichki moliya bozorlarini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi.

 

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 23 Yanvar 2020 11:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 370 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd