РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi muassasalarda byudjet qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari to‘g‘risida ma'lumot

10
Yan 2020
504 marta ko'rildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi muassasalarda byudjet qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari to‘g‘risida ma'lumot

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral usulda byudjet muassasalarida qonunbuzilish holatlarining oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2019 yil uchun tasdiqlangan ish rejaga muvofiq, “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” (DMBAT) va “UzASBO” dasturiy majmualari ma'lumotlari tahlili asosida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi muassasalari xarajatlar smetalarida rejalashtirilgan mablag‘larni qonun hujjatlariga muvofiqligi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri amalga oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida quyidagilar aniqlandi.

O‘tkazilgan kameral nazoratda 196 ta jismoniy tarbiya va sport sohasidagi  muassasalar qamrab olinib, shundan 159 ta (81%) muassasada byudjet mablag‘larini qonunga zid ravishda sarflash holatlari kuzatilmadi.

Qolgan 37 ta (19%) muassasalarda me'yordan ortiqcha shtat birliklarini saqlash hamda ish haqi, ustama, mukofot va moddiy yordam pullari, kompensasiya va tug‘ish nafaqasi hamda xizmat safari xarajatlarini to‘lovlarini ortiqcha to‘lash kabi 1,1 mlrd.so‘m miqdoridagi byudjet qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Misol uchun, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Farg‘ona viloyat Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida amaldagi me'yoriy xujjatlarga rioya qilinmagan holda 2016-2019 yillarda shtatlar jadvaliga 4 ta shtat birliklarini asossiz kiritilishi oqibatida 29,5 mln.so‘m mablag‘ ortiqcha rejalashtirilib sarflangan.

Bundan tashqari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hisoblanishi va to‘lanishida me'yoriy hujjatlarga rioya etilmaganligi oqibatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 431 mln.so‘m ortiqcha to‘lanishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Masalan, Xatirchi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2017-2019 yillarda haqiqatda ishdan ketgan 8 nafar xodimlarga 8,4 mln.so‘m ish haqi, mehnat shartnomasi bekor qilingan 17 nafar xodimlarga 15,4 mln.so‘m, 15 nafar xodimlarga buyruqsiz yoki buyruqda belgilangan miqdordan ortiqcha 18,9 mln.so‘m rag‘batlantirish va moddiy yordam pullari, 9 nafar xodimlarga 53,2 mln.so‘m qayta hisob-kitoblar (pereraschet) deb ish haqi ortiqcha to‘lab berilgan.

Shuningdek, Baxmal tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2018-2019 yillarda “UzASBO” dasturiga asossiz ma'lumotlarni kiritish yo‘li bilan 8 nafar xodimlarga 72 mln.so‘mlik mukofot va moddiy yordam pullari ortiqcha to‘lab berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi 211-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda sportchi-o‘quvchilarni tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga ustamalar to‘lanishi belgilangan bo‘lsada, bunga zid ravishda Sportning qishki va murakkab turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida bosh hisobchi o‘ziga 2018-2019 yillarda 33,6 mln.so‘m ortiqcha ustama to‘lab kelgan.

Bundan tashqari, “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) talablariga rioya qilmagan holda vakant shtat birliklari hisobidan bo‘shab qolgan 109 mln.so‘m mablag‘lar byudjetga qaytarilmasdan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun sarflab yuborilgan.

Misol uchun, Andijon viloyat sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida 2019 yilda vakant shtat birliklari hisobidan bo‘shab qolgan 47,8 mln.so‘m byudjetga qaytarilmasdan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun sarflangan.

Shu kabi, Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabida ham 2018-2019 yillarda vakant shtat birliklari hisobidan bo‘shab qolgan 60,7 mln.so‘m byudjetga qaytarilmasdan moddiy rag‘batlantirish uchun sarflangan. 

Nazorat tadbirlari o‘tkazilgan muassasalarda qurilish-ta'mirlash ishlariga qo‘shib yozish, tovar-moddiy boyliklarni hisobotga kirim qilmaslik va boshqa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Misol uchun, Bag‘dod tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida qurilish-ta'mirlash ishlari hisobotiga bajarilmagan 11,6 mln.so‘m, Beshariq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida 5,7 mln.so‘m qo‘shib yozilganligi aniqlangan.

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabiga beg‘araz berilgan 143,5 mln.so‘mlik tovar-moddiy boyliklar buxgalteriya hisobiga kirim qilinmaganligi aniqlandi.

Nazorat tadbirlari davomida asossiz sarflangan mablag‘lardan 336 mln.so‘mi byudjetga tiklanib, 22 mln.so‘mlik asossiz xarajatlarning oldi olindi.

Shuningdek, aniqlangan byudjet intizomini buzilish holatlari bo‘yicha 411 mln.so‘mlik 10 ta nazorat tadbiri hujjatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun prokuratura organlariga yuborildi hamda byudjet va smeta-shtat intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan 7 ta sport muassasalarining 10 nafar mansabdor shaxslariga o‘rnatilgan tartibda ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Byudjet qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan muassasalar ro‘yxati

   

(mln.so‘mda)

t/r

Hududlar va muassasalar nomi

Aniqlangan xato va kamchiliklar summasi

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

158,9

1

Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi

145,2

2

Yakka kurash bo‘yicha ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi

5,7

3

Sport o‘yinlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi

5,9

4

Nukus shahar 2-son bolalar va o‘smirlar sport maktabi

2,0

 

Andijon viloyati

167,4

5

Sportning yakka kurash turlariga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi

75,0

6

Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati

54,4

7

Andijon tuman bolalar o‘smirlar sport maktabi

38,0

 

Jizzax viloyati

102,1

8

Baxmal tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi

102,1

 

Namangan viloyati

96,1

9

To‘raqo‘rg‘on tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

1,1

10

Pop tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

18,5

11

Namangan shahar 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabi

3,6

12

Norin tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi

59,0

13

Chortoq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

14,0

 

Navoiy viloyati

129,0

14

Navoiy viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi

6,4

15

Xatirchi tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi

1,6

16

Sport uyin turlari va yengil atletkaga ixtisoslashtrilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi

104,6

17

Uchquduq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

16,4

 

Samarqand viloyati

208,9

18

Samarqand ixtisoslashgan olimpiya zaxiralari maktab internati

72,7

19

Samarqand shahar 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi

2,5

20

Nurobod tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

34,3

21

Narpay tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

5,8

22

Payariq tuman 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabi

52,4

23

Paxtachi tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

35,4

24

Toyloq tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi

5,8

 

Sirdaryo viloyati

17,0

25

Sirdaryo tuman  bolalar va o‘smirlar  sport maktabi

17,0

 

Farg‘ona viloyati

63,6

26

Viloyat gimnastikaga ixtisoslashgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi

33,3

27

Bog‘dod tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi

15,3

28

Beshariq tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi

7,6

29

Dang‘ara tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi

7,5

 

Toshkent shahri

177,6

30

Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi

36,7

31

Suv sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi

3,4

32

Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi

14,0

33

Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati  maktabi                      

28,8

34

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi

10,0

35

Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internati

19,8

36

Toshkent shahar Oliy sport mahorati maktabi

60,7

37

Yakkasaroy tumani 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi

4,2

 

Jami

1 121

Oxirgi o'zgartirish Juma, 10 Yanvar 2020 16:56

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 660 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!