РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi

07
Yan 2020
51 marta ko'rildi

O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi

Concrete

O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganiga qadar davlat bojini hisoblash, to’lash, undan ozod qilish va qaytarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17-bo’limi bilan tartibga solingan edi. Bundan tashqari, davlat bojining stavkalari va ayrim turlari 38 tadan ortiq qonunosti hujjatlarida belgilangan edi.   

O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Davlat bojlari, yig’imlari va boshqa majburiy to’lovlar (konsullik yig’imlaridan tashqari) faqat O’zbekiston Respublikasi valyutasida undirilishi belgilanganligini inobatga olib, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to’lash, pensiyalar va boshqa to’lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, chet el valyutasida belgilangan davlat bojining stavkalarini bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib, so’m ekvivalentida undirish tartibini belgilagan holda qaytadan ko’rib chiqildi.

Umuman olganda, davlat bojining stavkalari o’zgarishsiz qolmoqda hamda uning miqdorlari Qonunning ilovasi bilan belgilanmoqda.

Quyidagi stavka turlari pasaytirildi:

1) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 50 % dan 25 % ga;

jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravaridan BHMning
50 % ga;

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo’lsa - BHMning 2 baravaridan 1 baravariga;

2) adliya organlari tomonidan davlat ro’yxatidan o’tkazganlik uchun:

respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari - BHMning 4 baravaridan 3 baravariga;

faoliyatini viloyat hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari - BHMning 2 baravaridan 1 baravariga;

faoliyatini tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari – BHMning 2 baravaridan BHMning 50 % ga;

3) kontsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun stavka miqdori, mazkur sub’ektlarni jismoniy shaxslar daromad solig’i to’loviga o’tkazilganligi munosabati bilan salkam 4 baravarga kamaytirildi:

I reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 195 baravaridan
50 baravariga;

II reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 98 baravaridan
25 baravariga;

III reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 65 baravaridan
17 baravariga;

IV reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 40 baravaridan
10 baravariga;

V reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 26 baravaridan
7 baravariga;

VI reyting guruhi ijrochilari uchun BHMning 13 baravaridan
4 baravariga.

Davlat bojining quyidagi yangi turlari kiritildi:

chet davlat sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar) qarorlarini tan olish va ijro etish sohasida BHMning 2 baravari miqdorida;

to’lov tizimlari operatori faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani berganlik uchun BHMning 5 baravari miqdorida;

to’lov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyani berganlik uchun BHMning 5 baravari miqdorida.

Qonunda davlat bojini to’lashdan ozod etilgan shaxslar ro’yxati saqlanib qolindi.

Bundan tashqari, Qonunda qonunosti hujjatlarida ko’zda tutilgan va ushbu Qonunda ko’zda tutilmagan ozod etish xolatlari, ularning amal qilish muddatlari tugaguniga qadar amal qilishi ko’zda tutildi. 

Qonun 2020 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 07 Yanvar 2020 17:04
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #kunraqami #kunraqami »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 302 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!