РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2020 yil 1 yanvardan kiritilayotgan o’zgarishlar to’g’risida AXBOROT XABARI

Diana Gardanova
03
Yan 2020
2952 marta ko'rildi

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga 2020 yil 1 yanvardan kiritilayotgan o’zgarishlar to’g’risida AXBOROT XABARI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahrirda) amalga kiritiladi. Shu munosabat bilan, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o’zgarishlarni ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining elektron nusxasi Moliya vazirligining (www.mf.uz) va Davlat soliq qo’mitasining (www.soliq.uz) saytlarida joylashtirilgan.

Soliq kodeksini (yangi tahrirda) qabul qilinishi munosabati bilan soliq hisobotlarining yangi shakllari ishlab chiqiladi. Soliq hisoboti shakllari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng barcha soliq to’lovchilarga etkaziladi.

Aktsiz solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari, mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining qat’iy belgilangan miqdori, mahalliy yig’imlarning chegaraviy stakalari, avtotransport vositalarini sotib olinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ichki ishlar organlarida ularni ro’yxatdan o’tkazganlik uchun avtotransport vositalari egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to’lanadigan yig’imlar va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududdan tranzit o’tishi uchun yig’imlar stavkalari 2019 yil 9 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2020 yildagi Davlat byudjeti to’g’risida”gi O’RQ-589-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Er solig’i bo’yicha 2020 yil uchun soliq hisoboti qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan erlar qismi bo’yicha 2019 yilda amaldagi shakllar bo’yicha er uchastkasi joylashgan joyidagi soliq organlariga taqdim etiladi.

Mol-mulk solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning 2020 yil uchun hisoblanadigan summasi to’g’risidagi hisobot 2019 yilda amalda bo’lgan shaklda taqdim etiladi.

2019 yil uchun soliq hisob-kitoblari O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda nazarda tutilgan muddatlarda 2019 yilda amal qilgan shakl va tartibda taqdim etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga  2020 yil 1 yanvardan kiritilayotgan o’zgarishlar to’g’risida  AXBOROT XABARI (PDF 0.4MB)

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (DOC 21KB)

O’zbekiston Respublikasining soliq kodeksi (yangi tahriri) (DOC 0.6MB)

 

 

 

Oxirgi o'zgartirish Shanba, 04 Yanvar 2020 10:24

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« May 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 300 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd