РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning 2019 yil yakunlari bo’yicha yig’ilishi

Diana Gardanova
26
Dek 2019
1442 marta ko'rildi

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning 2019 yil yakunlari bo’yicha yig’ilishi

Concrete

2019 yil 23 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tuzilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning 2019 yil yakunlari bo’yicha yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – moliya vaziri, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning raisi – Djamshid Kuchkarov boshchiligida bo’lib o’tdi.

Concrete

Komissiya raisi, yig’ilish ishtirokchilariga Prezidentimizning Farmon va qarorlarida belgilangan ustuvor xalqaro reytinglarda O’zbekiston o’rnining ko’tarilishi aholi farovonligida katta ahamiyat kasb etishi va davlat idoralarning faoliyatini ushbu reyting va indekslarning talablari, baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda yuritish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.

Yig’ilish davomida mazkur Komissiyaning yil davomida ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha bajargan ishlari muhokama qilindi va kelgusi yil uchun Komissiya faoliyatining yo’nalishlari va rejalari belgilab olindi.

2019 yil davomida ustuvor xalqaro reyting va indekslarga biriktirilgan qator vazirlik va idoralarda ixtisoslashgan tarkibiy bo’linmalar tashkil etildi, Jahon banki, BMT Rivojlanish dasturi, Jahon iqtisodiy forumi, xalqaro reyting agentliklari kabi reyting beruvchi tashkilotlar bilan muloqot o’rnatilishiga erishildi.

Bundan tashqari, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash jarayonining samaradorligi va natijaviyligini ta’minlash maqsadida, xalqaro reyting konsultantlari va ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik o’rnatildi, O’zbekiston Respublikasining o’rnini ustuvor xalqaro reyting va indekslarda aks ettirish va yanada yaxshilash uchun quyidagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejalari bo’yicha ishlar amalga oshirilib kelmoqda:

  • Vazirlik va idoralarning tashabbuskorligini oshirish bo’yicha;
  • IHTTning mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimida O’zbekistonning o’rnini yaxshilash bo’yicha;
  • Siyosiy-huquqiy reytinglarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash bo’yicha;
  • Iqtisodiy reytinglarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash bo’yicha;
  • Global raqobatbardoshlik indeksida O’zbekistonning o’rnini aks ettirish bo’yicha;
  • Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarida O’zbekistonning o’rnini yaxshilash bo’yicha;
  • O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish va xususiy sektorda raqobatni kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shu bilan birga, yig’ilish davomida mamlakatimizning 2019 yilda xalqaro reyting va indekslarda egallagan o’rni tahlil qilindi.

Xalqaro reyting va indekslar

2017

2018

2019

o’sishG’

pasayish

1.

Biznes yuritish indeksi

76

76

69

Q 7

2.

Iqtisodiy erkinlik indeksi

148

152

140

Q 12

3.

IHTT Mamlakatlarga xos xatarlar kredit reytingi

6-guruh

6-guruh

5-guruh

Q 1

4.

Statistik salohiyat indeksi *

118

116

Q 2

5.

Inson taraqqiyoti indeksi *

107

105

Q 2

6.

Jahon matbuot erkinligi indeksi

169

165

160

Q 5

7.

Korruptsiyani qabul qilish indeksi *

157

158

 

- 1

8.

Demokratiya indeksi *

158

156

 

Q 2

9.

Suveren kredit reytinglar

VV-

VV-

10.

Boshqaruv sifati indikatorlari:

 

Siyosiy barqarorlik va zo’ravonlik G’ terrorizmning yo’qligi indeksi *

131

136

 

- 5

Hukumat samaradorligi indeksi *

141

139

 

Q 2

Normativ sifat indeksi *

191

184

 

Q 7

Qonun ustuvorligi indeksi *

186

182

 

Q 4

Korruptsiyani nazorat qilish indeksi *

184

183

 

Q 1

So’z erkinligi va hisobdorlik indeksi *

197

191

 

Q 6

* Izoh: Reytinglar 2019 yilda 2018 yil uchun baholangan.

O’zbekistonning “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da qo’lga kiritgan ball miqdori 22 balldan 23 ballga o’sganligiga qaramasdan, respublikaning indeksdagi o’rni 1 pog’onaga tushdi. Buning asosiy sababi Tojikiston va Eritreya davlatlarining indeksdagi natijalari mos ravishda 21 balldan 25 ballga hamda 20 balldan 24 ballga o’sib, 161-o’rindan 152-o’ringa va 165-o’rindan 157-o’ringa ko’tarilganligidir.

“Korrupsiyani tiyib turish” subindikatori bo‘yicha “Economist Intelligence Unit” va “Freedom House” tashkilotlari tomonidan O‘zbekistonga “0” ball qo‘yilgan. Bunga asosiy sabablar:

 - fuqarolar turar joylarining buzilishi;

 - mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilishi holatlari jazosiz qolayotganligi;

 - joylarda maishiy korrupsiyaning mavjudligi;

 - sud tizimida qonuniylik bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi.

Yig’ilishda Komissiya a’zolari va mas’ul tadqiqot institutlarining hisobotlari eshitilib, ularga ushbu jarayonni jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Alohida e’tibor, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaliyotda etarli darajada tadbiq etilmayotganligi, reyting beruvchi tashkilotlarga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risidagi ma’lumotlar etib bormayotganligi hamda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda yuzaga kelayotgan to’siqlarni bartaraf etishga qaratildi.

Yig’ilish yakunida 2020 yilda amalga oshirilish zarur rejalarni, xususan, respublikamiz aks ettirilmagan ustuvor xalqaro indekslarga kirish ishlarini jadallashtirish, mavjud muammolarni hal etish takliflarini ishlab chiqish, ““O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalini yaratish, xalqaro reyting va indekslarga ta’sir etuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va chora-tadbirlar rejalarini ekspertizadan o’tkazish, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, 2030 yilgacha samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI) bo’yicha takliflar tayyorlash, 2020 yil davomida ommaviy axborot vositalari va nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari uchun xalqaro reyting va indekslarning mohiyatini yoritib beruvchi seminar-treninglar tashkil etishni amalga oshirishga kelishildi.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 26 Dekabr 2019 19:15

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 407 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd