РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Buyuk Britaniyaning yetakchi siyosatchisi ser Alan Dunkan bilan uchrashuv

19
Dek 2019
201 marta ko'rildi

Buyuk Britaniyaning yetakchi siyosatchisi ser Alan Dunkan bilan uchrashuv

Concrete

18 dekabr kuni Moliya vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yetuk siyosatchisi ser Alan Dunkan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: ser Alan Jeyms Karter Dunkan Britaniya konservativ partiyasining siyosatdori. U Ratlend va Meltondan parlament a'zosi bo'lgan. 2010 yildan 2014 yilgacha - Xalqaro rivojlanish bo'yicha davlat vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2016 yildan 2019 yil 22 iyulgacha u Yevropa va Amerika bo'yicha vazir, shuningdek tashqi ishlar vazirining o'rinbosari bo'lgan.

Uchrashuv davomida Dunkan O'zbekistondagi moliyaviy-iqtisodiy islohotlar dasturining muhim tarkibiy qismlari bilan tanishdi. Xususan, tomonlar yangi tahrirdagi soliq kodeksi va Senat tomonidan ilk marotaba qonun shaklida tasdiqlangan 2020 yil uchun davlat budjetini muhokama qildilar.

Alan Dunkan Respublikamizda olib borilayotgan islohotlar maqsadlari va qat'iy yo'nalishini alohida ta'kidlab, ularning butun mintaqa rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 19 Dekabr 2019 18:14

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 338 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!