РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo’yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorlash

17
Dek 2019
95 marta ko'rildi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) bo’yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorlash

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi (ASSA) eksperti Janna Iskenova bilan birgalikda 2019 yil 13 dekabrda seminar tashkil etildi. Seminarda buxgalteriya hisobi va moliya sohasiga oid oliy ta’lim dasturlari hamda o’quv markazlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun:

ACCA (The Association of Chartered  Certified Accountants, 1904 yil Buyuk Britaniyada tashkil etilgan) – moliya va buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro professional assotsiatsiya bo’lib, u o’zida 181 davlatdan 480 mingdan ortiqroq talaba va 188 mingdan ortiq a’zolarini jamlagan. ASSA xalqaro sertifikatini olish uchun o’quv dastur ingliz tilida olib boriladi va 13 ta imtihonni o’z ichiga oladi. ASSA tomonidan– DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) va “Moliya va biznesni boshqarish” bo’ycha rus tilidagi maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqilgan.

Concrete

ACCA faoliyati to’g’risida to’liqroq ma’lumotlarni http://www.accaglobal.com saytidan yoxud British Council yoki “ACCA Tashkent”ga murojaat orqali olish mumkin.

Seminarning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarining buxgalteriya hisobi, audit, menejment, korporativ huquq fanlari o’quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish bosqichlari va taomillari muhokamasi bag’ishlandi. Xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish natijasida o’quv dasturlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ASSA imtihonlarining ayrimlaridan ozod etilgan holda takomillashgan darajadagi imtihonlar topshirish imkonini beradi. O’quv markazlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish esa ASSA talabgorlarini imthoniga samarali, sifatli kurslarda tayyorgarligini ta’minlaydi.

ASSA mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallari  natijalari bo’yicha oliy ta’lim muassasalari o’quv dasturlarini va o’quv markazlarini akkreditatsiyadan o’tkazishning asosiy masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirkochilari respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo’shadigan hisob yo’nalishlar - audit, moliya va menejment sohalarida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha hamkorlikni davom ettirish istagida ekanligini bildirishdi.

Seminar materiallari bilan quyidagi saxifalar orqali tanishishingiz mumkin. PDF1 PDF2

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 17 Dekabr 2019 18:04

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd