РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Konstitutsiyamiz-huquq va erkinligimiz kafolati

06
Dek 2019
328 marta ko'rildi

Konstitutsiyamiz-huquq va erkinligimiz kafolati

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Tarix davlat muzeyi  bilan hamkorlikda Bosh Qomusimiz Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida 2019-yilning 5-dekabr kuni “Konstitutsiyamiz-huquq va erkinligimiz kafolati” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Shuni ta’kidlash joizki, Mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, xalqimiz qalbida ertangi kunga ishonchni kuchaytirishda Konstitutsiyamiz muhim o‘rin tutadi.

Concrete

Tadbirda so‘zga chiqqan mutaxassislar ishtirokchilarga Konstitutsiyaning mazmun mohiyati va undagi inson huquqlari bilan bog‘liq moddalariga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Undan so‘ng esa yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli, O‘zbekiston Davlat Filarmoniyasi va bir qator san’atkorlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

Concrete

Shuningdek, tashkil etilgan tadbirda chet eldan tashrif buyurgan mehmonlarham ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston tarix davlat muzeyining mustaqillik yillarini o‘zida aks etgan bo‘limida ekskursiya uyushtirilib, unda ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ilk yozilish tarixi haqida ishlangan lavhalarni tomosha qilishdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 06 Dekabr 2019 19:33

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 322 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd