РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2020 yil uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning biznes rejalar yarmarkasi

05
Dek 2019
354 marta ko'rildi

2020 yil uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning biznes rejalar yarmarkasi

Concrete

2020 yilda alkogol mahsulotlari bozorida yangilangan tartiblarga asoslangan o‘zgarishlar bilan boshlanishi rejalashtirilgan. Kelgusi yilda oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz. Shu maqsadda kelgusi yilning biznes rejalari taqdimoti va alkogol' mahsulotlarining aylanmasini uzluksizligini ta'minlash maqsadida ushbu yarmarka tashkil etildi.

2019 yilda alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solish sohasida keskin o‘zgartirishlar kiritildi. Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizasiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investision jozibadorligini oshirish qaratilgan Muhtaram yurtboshimizning farmon va qarorlari qabul qilindi.

Concrete

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol' mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomi tasdiqlandi.

Nizomga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun alkogol mahsulotlarining sifatini, ishlab chiqarish va ularning aylanmasini nazorat qilish maqsadida lisenziya talablari qat'iy belgilab berildi.

Xammamizga ma'lumki, alkogol mahsulotlari bozorini tartibga solishda axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Birinchidan: 2019 yilning 1 iyulidan boshlab, alkogol mahsulotlarini savdosida birinchilardan bo‘lib, elektron hisob-fakturalari tizimini joriy etildi. Ishlab chiqaruvchi va ulgurdi savdo korxonalari tomonidan ushbu tizim to‘liq foydalanilishi ta'minlandi.

Ikkinchidan: Respublikaga alohida turdagi mahsulotlar noqonuniy olib kirilishining oldini olish, ularni ishlab chiqarish, sotish va hisobga olish mexanizmlarini takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligi oshirilishini ta'minlash maqsadida 2019 yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikasiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishi bo‘yicha ishlar boshlangan.

Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarda 5 ta  (“Toshkentvino kombinati” AJ, “Qamxar” MChJ, “AFSAR COMPANY LTD” MChJ, “Qibray sharob” ishlab chiqarish korxonasi, “Far-vab” MChJ) va Pivo ishlab chiqaruvchilarda 2 ta (“Mexnat pivo” va “Inter Roxat” QK) tajriba loyihasi ishga tushirilmoqda.

Concrete

O‘z navbatida, alkogol mahsulotlarni identifikasiya vositalari yordamida markirovkalash tizimi to‘laqonli faoliyatini ta'minlash maqsadida ushbu tizim ulgurji va chakana savdo korxonalarida joriy etiladi.

Uchinchidan: Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish maqsadida ulgurji savdo sohasini tadbirkorlik sub'ektlarini ishtirokni ta'minlash uchun davlat ulushi bo‘lgan korxonalari sotuvga qo‘yildi.

Joriy yilning 1 dekabr holatiga 28 ta ulgurji savdo korxonalari sotilgan.

Shu bilan birga, ulgurji savdo korxonalarining lisenziyalash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlangan va qisqa muddatda xususiy tadbirkorlarga ushbu faoliyat uchun lisenziyalar berish tadbiq etiladi.

To‘rtinchidan: Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi joriy etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.

Yarmarkada ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yangi turdagi mahsulotlari va birinchi marotaba ishtirok etdi.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozor kon'yunkturasini hisobga olgan holda amalga oshirilishini inobatga olib, bugun tuziladigan shartnomalar ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo korxonalarining oldiga mas'uliyatlar  yuklaydi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 06 Dekabr 2019 16:05
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #kunraqami #kunraqami »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 378 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!