РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“Daryo.uz” saytiga murojaat qilgan Qamashilik ayolning pensiyaga chiqishiga kim to’sqinlik qilmoqda...?!

02
Dek 2019
86 marta ko'rildi

“Daryo.uz” saytiga murojaat qilgan Qamashilik ayolning pensiyaga chiqishiga kim to’sqinlik qilmoqda...?!

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Mayda mahallasi, Durmon qishlog’ida yashovchi fuqaro Eshmirzaeva Bibixol Abdiraxmonovnaning joriy yil 26 noyabr kuni “Daryo.uz”ijtimoiy saytiga qilgan murojaati ortidan o’tkazilgan o’rganishlarda quyidagilar aniqlandi.

1965 yil 19 avgustda tug’ilgan fuqaro B.Eshmirzaeva o’z murojaatida, 2015 yilning 2 avgust kuni Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limi tomonidan biometrik pasportidagi ma’lumotlar noto’g’ri berilganligini ma’lum qilgan.

Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limining mas’ul mutaxassisi e’tiborsizligi tufayli, B.Eshmirzaevaning fuqarolik pasportida jinsiga oid ma’lumotlari “ayol” o’rniga “erkak” deb qayd etilganligi va bu xatolikni to’g’rilatish uchun tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga murojaat qilinganida, qayta suratga tushish va yana yangi pasportga to’lanadigan to’lovini amalga oshirish so’ralgan.

Xo’sh, bu xatolik oqibatining pensiyaga nima ta’siri borligi barchani qiziqtirsa kerak. Keling, yaxshisi bu kamchilikni oqibatlari ayollarning pensiyaga chiqishiga qanday to’sqinlik qilishi bilan yaqindan tanishsak:

Bugungi kunda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi hamda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoralararo ma’lumot almashinuvi platformasi o’rtasida elektron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu elektron almashinuv yordamida jami 3,6 mln. nafar (umumiy kontingentga nisbatan 98,2%) pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari solishtirib chiqilgan bo’lib, yangidan pensiya tayinlash jarayonida hududlardagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasidagi jismoniy shaxslarning indentifikatsiya raqamlari va pasport ma’lumotlari “Pensiya” dasturiy ta’minotida ko’rinadi.

O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 121-moddasida umumiy belgilangan yoshni bir yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqi tartibga solingan bo’lib, bunga ko’ra ushbu Qonun 37-moddasining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida yigirma yillik ish staji bo’lgan ayollar ellik to’rt yoshga to’lganda pensiya olish huquqiga ega bo’ladilar.

Demak mazkur Qonun talabiga ko’ra, bir yil oldin ya’ni, 54 yoshidan pensiya tayinlash uchun avvalo fuqaroning jinsi “ayol” bo’lishi kerak va undan keyingi talabi bo’yicha kamida 20 yillik mehnat stjiga ega bo’lishi zarurdir.

Yuqoridagi qonun talablari hamda idoralararo elektron axborot almashinuvi yo’lga qo’yilganligi bois, fuqaro B.Eshmirzaevaning fuqarolik pasportida jinsiga oid ma’lumotlari noto’g’ri (“ayol” o’rniga “erkak”) yozilganligi sababli 54 yoshdan pensiya tayinlash imkoni yo’qligi haqida Pensiya jamg’armasining Qamashi tuman bo’limi tomonidan fuqaroga tegishli tushuntirishlar berilgan.

Shundan keyin, fuqaro B.Eshmirzaeva bir necha marotaba Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga murojaat qilishiga qaramay, fuqarolik pasportidagi jinsiga oid ma’lumotlari to’g’rilab berilmaganligi natijasida pensiyaga chiqa olmayotganligini bildirib, “Daryo.Uz” ijtimoiy saytiga ushbu masalada amaliy yordam berishlarini so’rab murojaat qilgan.

Fuqaroning mazkur murojaatidan keyin Pensiya jamg’armasi Qamashi tumani bo’limi xodimlari yordamida Qamashi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’limiga murojaat qilingan va shu yilning 26 noyabr kuni fuqarolik pasportidagi xato-kamchilik bartaraf etilib, shu kunning o’zida fuqaro B.Eshmirzaevaga yoshga doir (54 yoshidan) imtiyozli pensiya tayinlandi.
 

Manba: Pensiya jamg’armasi matbuot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 02 Dekabr 2019 18:30

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 284 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!