РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Avval ishlamagan mexanizm endi ishlaydi

02
Dek 2019
49 marta ko'rildi

Avval ishlamagan mexanizm endi ishlaydi

Concrete

Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni taqdim etilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar qizg‘in pallaga kirdi.

Avval xabar berilganidek, parlament quyi palatasi majlisida deputatlar mazkur qonun loyihasini konseptual jihatdan birinchi o‘qishda ma'qullagan, barcha siyosiy partiyalarning fraksiyalari o‘z pozisiyasini bildirgan edi. Mazkur yig‘ilishda deputatlar tomonidan ko‘plab savollar va munosabatlar bildirilgan edi.

Parlament quyi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Davlat byudjeti boshqarmasi oldiga Hukumat bilan birgalikda loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza, takliflar asosida, mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida har taraflama muhokama qilib, maromiga yetkazish vazifasi qo‘yilgan edi.

Mazkur topshiriq doirasida ishchi guruh tomonidan kodeks loyihasi har tomonlama o‘rganilishi natijasida amaldagi soliq kodeksida soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bo‘yicha vakolat faqatgina alohida Komissiyaga berilgan edi. Bu esa, o‘z navbatida, soliqlarni to‘lashni kechiktirish huquqini olish uchun soliq to‘lovchilarga ovoragarchilik va noqulayliklar keltirib, ortiqcha qog‘ozbozlik talab qilar edi. Shu sababli, keyingi uch yil ichida soliqlarni kechiktirish huquqidan hech qaysi tadbirkorlik sub'ekti foydalanmagan.

Shunga ko‘ra, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida tadbirkorlik sub'ektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pulli yoki bepul asosda, kollegial organlar (Komissiyalar) ishtirokisiz soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etishning yangi shaffof mexanizmi joriy etilmoqda.

Bunda, soliqlarni bir vaqtning o‘zida to‘lash natijasida iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlari yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish mavsumiy bo‘lgan hollarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, qarzdorlik summasiga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda taqdim etiladi.

Alohida ta'kidlash lozimki, deputatlar tomonidan Soliq kodeksi loyihasi har tomonlama chuqur o‘rganilishlar asosida qizg‘in kechayotgan bahs-munozaralar davom ettirilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 02 Dekabr 2019 14:36

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 257 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd