РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“O’zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kapital bozorini korporativ emitentlar uchun ochib berdi

27
Noyab 2019
163 marta ko'rildi

“O’zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kapital bozorini korporativ emitentlar uchun ochib berdi

Concrete

London fond birjasida listingga kiritilgan va xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarilgan “O’zsanoatqurilishbank” ATBning

300 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni, respublikadagi loyihalarga keng jalb qilish uchun xalqaro kapital bozorlari muhim rol o’ynaydi. Bu borada joriy yil fevral oyida mamlakatimiz tarixida ilk bora O’zbekiston Respublikasining 1 milliard AQSh dollariga teng suveren obligatsiyalarining xalqaro kapital bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi yurtimizdagi tijorat banklari va korxonalar uchun yangi imkoniyat yaratdi.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan korporativ xalqaro obligatsiyalar chiqarish bo’yicha JP Morgan, Citigroup, Commerzbank, Raiffeisen Bank singari xalqaro investitsiya banklari (moliyaviy konsultantlar) tavsiyalari asosida tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari Tsyurix, Frankfurt va London shaharlarida 60ga yaqin investorlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar bo’lib o’tdi.

Concrete

Bo’lib o’tgan muzokaralarda investorlarga respublikada, jumladan bank sohasida olib borilayotgan islohotlar, O’zR Tiklanish va Taraqqiyot jamg’armasi tomonidan yirik tijorat banklarining kapitalizatsiyasi va kreditlarni mazkur jamg’armaga o’tkazish borasidagi Hukumat strategiyasi, O’zbekistondagi banklarni xususiylashtirish istiqbollari, xalqaro obligatsiya mablag’larining qaysi loyihalarga yo’naltirilishi, bankning boshqa resurs bazasini shakllantirish manbalari, transformatsiyadan keyin kutilayotgan aktivlar holati, kredit siyosati, muammoli aktivlar dinamikasi to’g’risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, yirik investorlar tomonidan  bankning transformatsiya jarayoni (jumladan, xususiylashtirishga tayyorgarlik) va unda Xalqaro moliya korporatsiyasining ishtiroki hamda korporativ boshqaruv tizimining takomillashtirilishi ijobiy holatlar sifatida e’tirof etildi.

Bankning biznes modeli tijorat faoliyatini yanada mustahkamlashga va bosqichma-bosqich xususiylashtirishga qaratilayotgani tufayli, “O’zsanoatqurilishbank” ATB investorlar tomonidan davlat banki emas tijorat banki sifatida qabul qilindi hamda Rossiyaning “Moskovskiy kreditno’y bank” (5 yillik 5,3%), Gruziyaning “TBC Bank” (5 yillik 5,75% kupon), Turkiyaning “Akbank” (5 yillik 6%) kabi banklariga taqqoslandi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsultantlarning tavsiyasiga ko’ra bankning 5 yillik xalqaro obligatsiyalari uchun ilk daromadlilik stavkasi 6,50% etib belgilandi va London vaqti bilan soat 08:23da tranzaktsiya e’lon qilindi. Buyurtmalar hajmi soat 10:00da 300 mln. dollar (tranzaktsiya to’liq qoplandi) va 12:10da 800mln. dollarni (tranzaktsiya 2,5 barobar to’liq qoplandi) tashkil etdi.

Soat 12:25da obligatsiyalarning daromadlilik stavkasi 0.125%ga pasaytirildi va yangi stavka 6,375% e’lon qilindi. Mazkur strategiya investorlarga ma’qul keldi va 13:05ga kelib buyurtmalar hajmi 1 mlrd. dollardan oshdi. Soat 14:00da buyurtmalar kitobi 1,2 mlrd. dollar bilan, ya’ni tranzaktsiyani 4 barobardan yuqori qoplagan holda yopildi.

Ushbu yuqori darajadagi talab tufayli moliyaviy konsultantlar daromadlilik stavkasini 6%ga tushirishga muvaffaq bo’lishdi. Tranzaktsiya London vaqti bilan soat 17:00da 5,75% kupon stavkasi bilan yakunlandi.

Mazkur tranzaktsiya O’zbekiston Respublikasidagi islohotlarning, ayniqsa bank tizimi islohotlarining xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilinganidan dalolat beradi. Qolaversa, O’zbekiston tarixida ilk bora “O’zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan chiqarilgan korporativ xalqaro obligatsiyalar boshqa tijorat banklari va korxonalar uchun “benchmark” bo’lib xizmat qiladi.

Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi voqea dunyo xamjamiyati tomonidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev iktisodiy islohotlardagi bildirilayotgan ishonchining yaqqol dalolatidur.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 27 Noyabr 2019 09:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 582 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!