РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bayrog‘imiz, g‘ururimiz va faxrimiz timsoli

19
Noyab 2019
263 marta ko'rildi

Bayrog‘imiz, g‘ururimiz va faxrimiz timsoli

Concrete

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Vatanimiz mustaqillikka erishgach 1991-yil 18-noyabrda ilk Davlat ramzi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Mazkur  hujjatda ta’kidlanganidek, milliy bayrog‘imiz davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

Bu yil mamlakatimizda bayrog‘imiz qabul qilinganining 28 yilligi keng miqyosda bayramona nishonlandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ham mazkur kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz, g‘ururimiz va faxrimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Concrete

Davra suhbatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari M.Xodjimatov ishtirok etib, yig‘ilganlarga Davlat ramzimiz haqida so‘zlab berdi.Concrete

Davlatimiz bayrog‘idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma’noga ega. Davlatimiz bayrog‘i-o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Zero, unda ruhiyatimiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Noyabr 2019 10:18

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 446 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!