РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Auditorlar malakasini oshirish kursining yangi Dasturi tasdiqlandi

25
Noyab 2019
62 marta ko'rildi

Auditorlar malakasini oshirish kursining yangi Dasturi tasdiqlandi

2019 yilning 23 martida kuchga kirgan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq auditor malaka sertifikatini olgan yilning keyingi yilidan boshlab har yili 40 soatlik malaka oshirish dasturi bo’yicha malaka oshirish kurslarini o’tishi shart. Ilgari malaka oshirish kursining soatlari miqdori 60 soat hajmda belgilangan edi.

Auditorlar malaka oshirish kursining davomiyligi o’zgartirilishi (kamaytirilishi) munosabati bilan Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning professional jamoat birlashmalari (O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi va O’zbekiston Auditorlar Palatasi) bilan kelishilgan holda auditorlar malakasini oshirish kursining yangi Dasturi 40 soatlik hajmda tasdiqlandi. Mazkur Dastur moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, audit, soliq solish, moliyaviy tahlil va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohalarining qonun hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlarni, hamda  ularning dolzarb va muammoli masalalarini yoritishni nazarda tutadi. Shuningdek, Dasturda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining (MHXS) va auditning xalqaro standartlarining (AXS) alohida qoidalarini amaliyotda qo’llashdagi muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Ushbu Dastur bo’yicha auditorlar malakasini oshirishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo’lgan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko’rsatish sohasidagi yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin.

 Dastur bilan batafsil bizning saytimizda “Buxgalteriya hisobi va audit ~ Auditorlik faoliyati ~ Auditorga yordam” kichik bo’limida tanishib olishingiz mumkin.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 25 Noyabr 2019 10:32

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 296 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd