РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholash taomillariga tayyorgarlik bo’yicha tadbir

22
Noyab 2019
46 marta ko'rildi

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholash taomillariga tayyorgarlik bo’yicha tadbir

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish risklarini milliy baholash bo’yicha ishlarni samarali tashkil etish uchun:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2019 yil 15 noyabrda kelgusida o’tkazilishi kutilayotgan risklarni milliy baholash va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholash masalalari bo’yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Moliya vazirligi, Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda O’zbekiston lizingberuvchilar Assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi EOG vakili – Teterukov S.A. bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o’zaro baholashning asosiy bosqichlari va hamda hisobot tayyorlash taomillarini muhokamasi bo’lib hisoblandi.

Ma’lumot uchun:

EOG - Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha Evroosiyo guruhi. EOG FATF (FATF – pullarni yuvishga qarshi kurashish bo’yicha moliyaviy chora-tadbirlar ishlab chiquvchi guruh, www.fatf-gafi.org) shaklidagi xududiy guruh hisoblanadi.

Uchrashuv ishtirokchilari Moliya vazirligi nazorati ostidagi tashkilotlar faoliyatlarining mos sektorlarida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi risklarini milliy baholash bo’yicha hisobot tayyorlash uchun statistik va tahliliy ma’lumotlarni yig’ish ishlarini faollashtirish lozimligini ta’kidlashdi.

Ma’lumot uchun:

Moliya vazirligi sug’urtalovchilar va sug’urta vositachilari faoliyatini, qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar, auditorlik va lizing tashkilotlari faoliyatlari sohalarida risklarni baholashga javobgar tashkilot hisoblanadi. Lizing tashkilotlari sektorida risklarni baholash bo’yicha ishlar O’zbekiston lizingberuvchilar Assotsiatsiyasi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirilmoqda.

Uchrashuv ishtirokchilari do’stona o’zaro suhbat shaklida o’tdi.

2. 2019 yil 18-22 noyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Moliyaviy monitoring xalqaro o’quv-uslubiy markazi (Rossiya Federatsiyasi, www.mumcfm.ru) bilan birga “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarni qo’llash” mavzusida tashkil etilgan seminarda Moliya vazirligi xodimlari ishtirok etishdi.  Seminar EOG a’zo davlatlar vakillari va kuzatuvchilari(Belarusiya, Qozag’istan, Qirg’izistan, Rossiya, Tojikistan va b.) ishtirokida videokonferentsaloqa rejimida o’tdi.

3. Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalariga o’zgaritirish 2019 yl 15 noyabrda 3101-1-son davlat ro’yxatidan o’tkazilib kiritildi. Asosiy o’zgarishlar va qo’shimchalar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida qonun-hujjatlaridagi o’zgarishlarni inobatga olgan holda muvofiqlashtirildi.

 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 22 Noyabr 2019 10:16

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 314 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!