РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

19
Noyab 2019
503 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi yangi binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Concrete

Mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida moliya tizimida malakali kadrlarning roli, moliya tizimi xodimlariga qo‘yiladigan talablar o‘sib bormoqda. Vazirlik rahbariyati tizimdagi kadrlarining kasbiy ta’limini oshirishga, kadrlarni qayta tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. Aynan shu maqsadda 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjet tashkilotlarining Moliya organlari va moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash O‘quv markazi tashkil etilgan.

Concrete

Concrete

Iqtisodiyotni isloh qilish davrida byudjet tashkilotlarining yangi o‘zaro moliyaviy munosabatlarini tashkil etish, moliya tizimini tubdan o‘zgartirish davrida O‘quv  markazining vazifalari tizimning istiqbolli kadrlarini tayyorlash, G‘aznachilik organlari, Davlat moliyaviy nazorati departamenti, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda vazirlikning boshqa bo‘linmalari va departamentlarining mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishdan iborat. O‘quv markazida bu ishni ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribaga ega 15 nafar malakali mutaxassisdan iborat professor-o‘qituvchilar olib bormoqda. 

O‘quv markazining yangi binosida tinglovchilar bilan keng qamrovli ishlar olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Binoda 10 ta o‘quv auditoriyalari zamonaviy kompyuter texnikalar, interaktiv ekranlar bilan jihozlangan. Ta’lim jarayonidagi qulayliklar uchun 32 ta monoblok va 10 ta interaktiv panellar o‘rnatilgan. O‘qitish auditoriyasida Moliya vazirligi tizimi turli xil bo‘linmalarining  120 dan ortiq tinglovchisi o‘z malakasini oshirdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ishtirok etib, nutq so‘zladi. Yangi binoni tantanali ochilish marosimida ko‘plab mehmonlar ishtirok etishdi. Shu jumladan: Xideki Mori – O‘zbekistonda Jahon banki (JB) vakolatxonasining rahbari, Silviya Malvichine – O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakolatxonasining rahbari, Alkis Drakinos – Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YTTB) vakolatxonasining rahbari, Zafar Xashimov – O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) vakolatxonasining rahbari, Rafael Jozan – O‘zbekistonda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) vakolatxonasining rahbari, Galina Kostina – O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) vakili, Begzod Djalilov – O‘zbekistonda Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) katta iqtisodchisi, Dilshod Axundjanov – Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining (YTTB) yetakchi bankiri, Moliya vazirining o‘rinbosarlari, Moliya vazirligi boshqarmalarining rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Noyabr 2019 18:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 228 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!