РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya tizimida joriy yilning oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlarga baho berildi hamda 2019 yilni sifatli yakunlash boʼyicha choralar va 2020 yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

19
Noyab 2019
463 marta ko'rildi

Moliya tizimida joriy yilning oʼtgan davrida amalga oshirilgan ishlarga baho berildi hamda 2019 yilni sifatli yakunlash boʼyicha choralar va 2020 yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi

Concrete

 

Joriy yilning 10 noyabr kunida Moliya vazirligida Davlat budjetining 2019 yil oʼtgan davri ijrolari va 2019 yilgi budjet parametrlari koʼrsatkichlarini sifatli ijro etilishini taʼminlash hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi davomida berilgan topshiriqlardan kelib chiqadigan moliya tizimi xodimlarining vazifalariga bagʼishlangan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yigʼilishi oʼtkazildi.

Hayʼat yigʼilishi videoselektor tarzida (respublika studiyasi hamda hududiy studiyalarda) oʼtkazildi. Yigʼilishda moliya tizimining 1062 nafar rahbar hodimlar ishtirok etdi. Hayʼat yigʼilishini Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.А.Qo’chqorov tomonidan olib borildi.

Yigʼilishda, Moliya vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan sezilarli ijobiy natijalarga erishilganligi qayd etilib, tizimda mavjud muammolar tanqidiy tahlil etildi.

Concrete

Xususan, joriy yilning 9 oyi yakunida Davlat budjeti daromadlari 5,9 trln.soʼmni ortigʼi bilan bajarilgan boʼlsada, zaruriy choralar koʼrilmaganligi natijasida, III chorakda daromadlarining umumiy tasdiqlangan rejasi Buxoro, Qashqadaryo hamda Fargʼona viloyatlarida bajarilmaganligi, budjet xarajatlaridan maqsadli va oqilona foydalanishda budjet intizomi buzilishi natijasida 91,3 mlrd.soʼm maqsadsiz, noqonuniy xarajatlar aniqlanganligi,.bunda Jizzax, Аndijon va Toshkent viloyatida ishlarni tizimli ravishda tashkil etish lozimligi koʼrsatib oʼtildi.системе.Concrete

Mazkur Hayʼat yigʼilishida:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli «Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʼrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet moʼljallari toʼgʼrisida”gi qarorida berilgan vazifalar hamda 2020 yilgi budjet-soliq siyosatiga kiritilayotgan oʼzgarishlardan kelib chiqib:

- davlat budjeti, xususan mahalliy budjetlarning daromad va xarajatlarining 2019 yil ijrosi sifatli taʼminlash yuzasidan koʼriladigan chora-tadbirlari;

- 2020 yilgi budjet-soliq siyosatiga kiritilayotgan oʼzgarishlar va qoʼshimchalar, kelgusi moliya yilida koʼzda tutilgan moliyaviy islohotlar, shuningdek joylardagi mahalliy hokimliklar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʼ oluvchilarni mustaqilligini oshirish;

 - oʼrta muddatli budjetlashtirishga oʼtish hamda xarajatlarning maqsadli va natijadorlik koʼrsatkichlarini ishlab chiqish boʼyicha chora-tadbirlar;

- moliya tizimi faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan boshqa masalalar koʼrib chiqildi hamda 2019 yil qolgan davrda ham iqtisodiyotimizning yuqori va barqaror oʼsish surʼatlarini saqlab qolishda davlat budjeti daromadlari tushumini koʼpaytirish, bu borada qoʼshimcha zaxiralarni izlab topish hamda budjet xarajatlarining aniq maqsadlarda yoʼnaltirish bilan birga uning natijadorligini oshirish hamda 2020 yil budjet-soliq siyosatidagi oʼzgarishlar bilan bogʼliq ustuvor-eng muhim tadbir va vazifalar belgilab olindi.

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 20 Noyabr 2019 11:32

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 724 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!