РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Uy-joy subsidiyalari dasturini ishlab chiqish yuzasidan Osiyo Taraqqiyot Bankining maslahat missiyasi

19
Noyab 2019
147 marta ko'rildi

Uy-joy subsidiyalari dasturini ishlab chiqish yuzasidan Osiyo Taraqqiyot Bankining maslahat missiyasi

Concrete

O‘zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli ipoteka kreditlashning barqaror tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Unda 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida ipoteka krediti tizimini rivojlantirishning "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan.

Joriy yilning 28 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aholini uy-joy bilan ta'minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish va ipoteka kreditlash tizimida xususiy sektor rolini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ko'rsatmalariga muvofiq, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uy-joy qurilishi ko'lamini kengaytirishga, davlat ishtirokini kamaytirsh va xususiy uy-joy qurilishini rivojlantirishga, ipoteka krediti bozorini yaratishga, shuningdek, maqsadli, shaffof va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga hamda uy-joyga muhtoj aholiga davlat tomonidan yordam ko'rsatishga qaratilgan hujjat loyihasi ishlab chiqilmoqda. 

Taklif qilinayotgan o'zgarishlarni, shuningdek uy-joylarni moliyalashtirish tizimlari, uy-joy subsidiyalari bilan bo'g'liq xavflarni ko'rib chiqish va baholash bo'yicha ishchi sessiyalarni o'tkazish uchun, Moliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 8-13 noyabr kunlari Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) maslahat missiyasi tashkil etildi.

Missiya doirasida, OTB maslahatchilari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo'llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida, iqtisodiy modellashtirish usulidan foydalangan holda uy-joylarni subsidiyalash tizimini amalga oshirish bo'yicha qiyosiy hisob-kitoblar o'tkazildi.

Iqtisodiy modellashtirishda xatarlarni baholash va aniq qarorlarni qabul qilish mezonlarini aniqlash uchun xalqaro amaliyotda keng qo'llaniluvchi sof joriy qiymatni (NPV) hisoblash yondashuvidan foydalanildi.

Hisob-kitoblar ipoteka krediti boshlang'ich badalini va (yoki) foizlarini to'lash uchun subsidiyalar ko'rinishidagi davlat yordamining qiyosiy samaradorligini tavsiflaydi.
Missiya yakunida, OTB maslahatchilari tomonidan Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari vakillari uchun ipoteka kreditini ajratish imkoniyatlari hamda turlari to'g'risida taqdimot o'tkazildi.

Taqdimot davomida tijorat uy-joy sektorini subsidiyalangan moliyalashtirishning bozor tarkibiga ta'siri, xususiy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantirish va aholi uchun ipoteka kreditlari mavjudligi masalalari muhokama qilindi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Noyabr 2019 16:28

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 526 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd