Mamlakatimizda moliya bozorini yanada rivojlantirish, aholini sifatli moliyaviy xizmatlar bilan qamrab olish koʼlamini kengaytirish hamda sohaga yangi texnologiyalarni joriy etishda bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Konferentsiyada Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Byudjet-soliq tadqiqot instituti hamda Toshketdagi Vestminstr Universiteti vakillari qatnashdilar. Konferensiya doirasida moliyaviy xizmatlar koʼrsatish sohasiga oid quyidagi mavzular muhokama qilindi:
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli texnologiyalar va Markaziy Osiyo mamlakatlarida moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari (maruzachi: prof. Garri Tepar, London Vestminster Universiteti, Moliya va moliyaviy xizmatlar Markazi);
2. Yangi moliyaviy xizmatlar koʼrsatish sektoridagi islohatlar (maruzachi: O. Isaqov, Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʼrinbosari);
3. Oʼzbekiston Respublikasi toʼlov xizmatlarini tartibga solish tizimi asoslari (maruzachi: D. Ikramov, Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʼlov tizimlari va informatsion texnologiyalar boshqarmasi boshligʼi);
4. Yashil moliya: barqaror rivojlanish uchun barqaror moliya (maruzachi: J. Negmatov, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti direktori);
5. Oʼzbekistonda islom moliyasining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi (maruzachi: K. Turaev, Islom buznesi va moliyasi bosh ijrochi xodimi);
6. Oʼzbekiston Respublikasida bank sektori: rivojlanish imkoniyatlari va toʼsiqlari (maruzachi: Q. Yunusov, Toshkent Xalqaro Vestministr Universiteti Moliya fakulteti katta oʼqituvchisi);
7. Oʼzbekistonda mikromoliyalashtirish imkoniyatlari (maruzachi: dok. N. Аlimuhammedova, Toshkent Xalqaro Vestministr Universiteti Biznes boshqaruvi fakulteti katta oʼqituvchisi).
Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bank-moliya sohasidagi ilgʼor xorijiy tajribalar, mikromoliyalashtirish imkoniyatlari va sohaga oid boshqa alternativ yondashuvlar ham koʼrib chiqildi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar koʼrsatish sohasini rivojlanitirishda zamonaviy texnoligik vositalardan foydalanish va aholi oʼrtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish muhim ahamiyatga egaligi taʼkidlandi.