РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

15
Noyab 2019
89 marta ko'rildi

Press-reliz

    Ma’lumki, shu yil dekabr oyida parlament va mahalliy vakillik organlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlar qizg‘in pallaga kirdi. Hozirgi kunda ko‘ppartiyaviylik,  fikrlar rang-barangligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Concrete

    Mamlakatimizda saylov qonunchiligi bo‘yicha fuqarolarimizning siyosiy-huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi va yurtimizda mavjud 5 ta siyosiy partiya vakillari tomonidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

Concrete

    Joriy yilning 15 noyabr kuni navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi ham aynan Saylov qonunchiligini yanada targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda Moliya vazirligi xodimlari uchun “Jamiyatda saylov jarayonlarining o‘rni ” mavzusida tashkil etildi.

Concrete

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mas’ul vakillari ishtirok etishdi.

    Davra suhbatida ishtirok etgan siyosiy partiya vakillari o‘zlarining saylov oldi dasturlari, shuningdek, bu galgi saylov jarayonlarining farqli jihatlari, Saylov qonunchiligidagi o‘zgarishlar xususida to‘xtalib o‘tishdi.

    Davra suhbati so‘ngida ishtirokchilar bilan saylov qonunchiligi bo‘yicha savol-javoblar tashkil etildi hamda partiyalarning estalik sovg‘alari topshirildi.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Juma, 15 Noyabr 2019 18:36

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 434 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!