РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini taqdimoti

15
Noyab 2019
353 marta ko'rildi

“Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini taqdimoti

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 avgustdagi №PP-3917 son qarori ijrosi doirasida budjet ma’lumotlarini tarqatish kanallarini kengaytirish, keng jamoatchilikni budjet jarayonida faol ishtirok etishga jalb qilish va fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatish borasida bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Concrete

Joriy yilning 1 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi omma e’tiboriga davlat budjetining 2020 yilga loyihasi bag‘ishlangan navbatdagi “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini taqdim qildi.

Concrete

Shu bilan birga, mutoalachilar qamrovini oshirish va fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish uchun moliya vazirligi tomonidan birqancha umum ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi va talabalar ishtirokida 2020 yilga Davlat budjeti loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.

Concrete

Jumladan, joriy yilning 15 noyabr kuni, Toshkent shahridagi №324-son umum ta’lim maktabi o‘quvchilariga, Toshkent shahar iqtisodiyot va biznes kasb hunar kolleji, Toshkent iqtisodiyot kolleji, Toshkent moliya instituti, Toshkent Davlat milliy universiteti talabalariga va Bank-moliya tinglovchilari va professor o‘qituvchilariga “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrini taqdimoti va 2020 yilgi Davlat budjeti loyihasi yuzasidan seminarlar o‘tkazildi.

Concrete

Seminar doirasida Moliya vaziri o‘rinbosari A.Xaydarov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari ishtirokchilarni “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri va 2020 yilga budjet loyihasini tayyorlash, tuzishdagi asosiy yangilik va o‘zgarishlar bilan o‘rtoqlashdilar. Shu bilan birga ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Concrete

Seminarlar davomida “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri yoki budjetga tegishli boshqa ma’lumotlar bilan Moliya vazirligining www.mf.uz veb sayti yoki www.openbudget.uz axborot portalida o‘zbek va rus tillarida elektron shaklda joylashtirilganligi va qiziquvchilar barcha ma’lumotlarini ushbu veb sayt va axborot portallari orqali batafsil tanishlari mumkinligi bildirildi.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 19 Noyabr 2019 11:03

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 302 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!