РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Oshirilgan miqdordagi non kompensatsiya pullari kimlarga toʼlanmoqda?

13
Noyab 2019
681 marta ko'rildi

Oshirilgan miqdordagi non kompensatsiya pullari kimlarga toʼlanmoqda?

Concrete

    Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktabrdagi «Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʼliq joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 866-son qaroriga asosan un narxini davlat tomonidan nazorat qilish toʼxtatildi. Shu bilan birga, fuqarolarni ushbu amaliyotning keskin taʼsirlaridan saqlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish maqsadida

    2019 yil 1 oktabrdan un va qolipli non xarid qilish boʼyicha qoʼshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 22 300 soʼmdan 50 000 soʼmga oshirildi.

    Xususan, Respublika boʼyicha jami 1,7 mln. nafar fuqaroga toʼlanayotgan pul kompensatsiyasi miqdori oshirildi.

    Shuningdek, pul kompensatsiyasi oluvchi toifalar soni 2 taga koʼpayib, 11 toifaga yetkazildi, yaʼni 2019 yil 1 oktabrdan boshlab qoʼshimcha ravishda 64,9 ming nafar fuqaro hamda 218,1 mingta oilaga ilk marotaba pul kompensatsiyasi joriy qilindi.

Kompensatsiya oluvchilar soni nechta?

    Pensiya jamgʼarmasi orqali pul kompensatsiyasi oluvchilar soni 1,4 mln. nafarni tashkil etdi.

Concrete

    Mahalla fuqarolar yigʼinlari orqali pul kompensatsiyasi oluvchilar soni 514,4 ming nafarni tashkil etmoqda.

Concrete

    Natijada bugungi kunga kelib pul kompensatsiya oluvchi aholi qatoriga qoʼshimcha ravishda ikki toifa qoʼshilishi natijasida pul kompensatsiyasi oluvchilari soni 18,5%ga oshib, 2,0 mln. nafarni tashkil etmoqda.

    Kompensatsiya toʼlovi uchun qancha mablagʼ sarflanmoqda?

    Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan shu yilning oktabr-dekabr oylarida pul kompensatsiyalarini yangi miqdorlarda toʼlash uchun, qoʼshimcha tarzda 189 mlrd. soʼm miqdorida mablagʼ ajratildi (Pensiya jamgʼarmasi tomonidan tayinlangan pensiya va nafaqa oluvchilari uchun 125 mlrd. soʼm va maxallalar tomonidan tayinlanadigan nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar uchun 64 mlrd. soʼm).

    Umumiy hisobda non kompensatsiyalari toʼlovi uchun 2019 yilda respublika byudjeti hisobidan 604 mlrd.soʼm ajratilgan.

Kompensatsiya toʼlovi qanday amalga oshirildi?

    Pensiya jamgʼarmasi tomonidan 3 oktabr sanasida oktabr oyi pul kompensatsiyasi uchun (22 300 soʼmlik miqdorda) toʼlov vedomostlari shakllantirilib, Xalq banki va tijorat banklari tomonidan toʼlovlar amalga oshirilganligi sababli, oshgan miqdorlari farqi (yaʼni, 27 700 soʼm) boʼyicha 15 oktabrda qoʼshimcha vedomostlar tuzilib, oyning 27 sanasiga qadar toʼlanishi taʼminlandi.

    Shuningdek, kompensatsiya toʼlovi yangi joriy etilgan eng kam yoshga doir pensiya (436 150 soʼm) miqdorida pensiya oluvchilarga 2019 yil 1 oktabrdan kompensatsiyalar tayinlanib, noyabr oyi vedomostiga 100 000 soʼm miqdorida (yaʼni, oktabr va noyabr oylari uchun 50 000 soʼmdan) kiritildi.

    Qarorga muvofiq pul kompensatsiyalari pensiya va nafaqa toʼlovlari bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda.

    Mahalla fuqarolar yigʼinlari tomonidan tayinlangan nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalarga oktabr oyida 22 300 soʼm miqdorida pul kompensatsiyalari toʼlangan hamda oshgan miqdorlari farqi noyabr oyi bilan birga 77 700 soʼm miqdorida toʼlangan (yaʼni, 27 700 soʼm oktabr oyi uchun qoʼshimcha va noyabr oyi uchun 50 000 soʼm).

    Shuningdek, kompensatsiya toʼlovi yangi joriy etilgan 14 yoshgacha bolalari boʼlgan oilalarga nafaqa oluvchi oilalarga 2019 yil 1 oktabrdan kompensatsiyalar tayinlanib, noyabr oyi vedomostiga 100 000 soʼm miqdorida (yaʼni, oktabr va noyabr oylari uchun 50 000 soʼmdan) kiritildi.

    Mahalla fuqarolar yigʼinlari tomonidan tayinlangan nafaqa va moddiy yordam oluvchi fuqarolarga pul kompensatsiyalari joriy yilning 10 noyabr sanasiga qadar toʼliq toʼlanishi taʼminlandi.

Kompensatsiyalar qanday nazoratga olingan?

    Pensiya jamgʼarmasida pensiya va nafaqa oluvchilarning yagona elektron bazasi yaratilgan boʼlib kompensatsiya olish huquqiga ega boʼlgan fuqarolarga pul kompensatsiyalar avtomatik ravishda tayinlanadi.

    Shuningdek, har oyning 3 sanasiga qadar toʼlov vedomostlari dasturiy majmua orqali shakllantirilib, tijorat banklari hamda Xalq bankiga elektron shaklda yuboriladi. Bank plastik kartlari orqali oluvchilarning hisob raqamlariga kompensatsiyalar inson omilisiz har oyning boshida avtomatik ravishda yuklanadi.

    Toʼlovlarni naqd pul shaklida oluvchilarga kompensatsiyalar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan pensiya va nafaqalar bilan birga yetkaziladi. Bunda, fuqaroga kompensatsiya toʼlanganda Xalq banki sayyor kassasi xodimi tomonidan dasturiy majmuaga maʼlumot kiritiladi hamda Pensiya jamgʼarmasi tomonidan avtomatik ravishda pensionerning telefon raqamiga bu haqda SMS xabar yuboriladi. Bu orqali fuqaroga SMS xabar kelgan biroq, kompensatsiya toʼlanmaganligi holatlari aniqlanadi.

    Bundan tashqari, Pensiya jamgʼarmasi tomonidan har oyda navbatga asosan pensiya va nafaqa oluvchilar fuqarolar bilan uchrashilib, toʼlov holatlari monitoringdan oʼtkazish tizimi yoʼlga qoʼyilgan.

    Monitoringlarda aniqlangan holatlar boʼyicha hujjatlar oʼrnatilgan tartibda chora koʼrish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga berib boriladi.

    Shu bilan birga, pul kompensatsiya toʼlovi bilan bogʼliq savollar boʼyicha Pensiya jamgʼarmasi (1140 raqamli) yoki Xalq bankining (1106) “Ishonch telefon”lariga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʼtamiz.

Pensiya jamgʼarmasi matbuot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Noyabr 2019 15:19

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 298 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!