РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

YeTTB Oʼzbekistonda DXSh asosida transport sohasini rivojlantirishda ko’maklashishga tаyyorligini bildirdi

08
Noyab 2019
235 marta ko'rildi

YeTTB Oʼzbekistonda DXSh asosida transport sohasini rivojlantirishda ko’maklashishga tаyyorligini bildirdi

Concrete

    DXSh agentligida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan Oʼzbekistonda jamoat infratuzilmasini rivojlantirishga koʼmaklashish masalasida uchrashuv boʼlib oʼtdi. YeTTB vakillari infratuzilmani barqaror rivojlantirish boʼyicha xalqaro tajriba xususida oʼz fikrlarini bayon etishdi. Shuningdek, energetika, transport, sogʼliqni saqlash sohalarida mavjud boʼlgan DXSh loyihalari xaqida maʼlumot berishdi.

    Davlat rahbari 2019 yil 2 oktyabrdagi yigʼilishda Oʼzbekiston iqtisodiyoting turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar doirasida yoʼl xoʼjaligi, shu jumladan, transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish boʼyicha qator ustuvor yoʼnalishlarni belgilab bergan edi.

     Аna shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʼtkazilgan uchrashuvda YeTTB vakillari bilan respublikamizning yoʼl-transport salohiyati taxlil qilindi. Yoʼl xoʼjaligi strategiyasini ishlab chiqish va 2020-2030 yillarda transport sektorining bosh rejasini tuzish bilan bogʼliq masalalar muhokama etildi. Bundan tashqari, yoʼl-transport infratuzilmasini moliyalashtirishning muqobil usullarini topishga alohida etibor qaratildi. Hozirgi vaqtda yoʼl xoʼjaligidagi ayrim toʼsiqlar va mavjud kamchiliklar DXSh loyihalarini amalga oshirishda real yechimlarni topishga xalaqit beradi. Sohaga xususiy sektorning aralashuvini cheklaydi.

    Uchrashuvda YeTTBning loyihalarni tayyorlash boʼyicha direktori Metyu Jordan-Tank Oʼzbekistonda yoʼl xoʼjaligi va transport sektori infratuzilmasini DXSh mexanzimlaridan foydalanib, barqaror rivojlantirishga koʼmaklashish uchun tayyor ekanligini bildirdi.

    Uchrashuvda qayd etilganidek transport sohasining yoʼnalishlaridan biri, yoʼl xoʼjaligini rivojlantirish uchun bugungi kunda katta sarmoya zarur. Dastlabki maʼlumotlarga koʼra, mavjud yoʼllardan xozirda yiliga (1 milliard tonna) 98 foiz yuklar, va (6 milliard) 88 foiz yoʼlovchilar tashiladi. Katta mablagʼ evaziga bu yoʼllar taʼmirlanib sifati yaxshilandi. Birok, 70 ming km uzunlikdagi avtomobil yoʼllari katta taʼmirga muhtoj.

    Transport sohasiga DXSh mexanizmlari joriy qilinsa, ana shu yoʼllarni taʼmirlash va sifatini yaxshilashni moliyalashtirishga qoʼshimcha sarmoyalar jalb qilish imkoniyati kengayadi.

    DXSh mexanizmi shuningdek sifat va xizmat koʼrsatish samaradorligini oshiradi. Аvtomagistrallarda esa harakatlanish qulayligi ortib, yoʼlga ketgan vaqt qisqaradi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 08 Noyabr 2019 17:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!