РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda va ularning ahamiyati

06
Noyab 2019
108 marta ko'rildi

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda va ularning ahamiyati

Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlar va reyting agentliklari tomonidan 100 dan ziyod xalqaro reyting va indekslar yuritilib, ushbu tashkilotlar o‘z reytinglari orqali davlatlar va kompaniyalarni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa sohalarda baholab keladi.

         Xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan mamlakatlar reytinglari asosan quyidagi 3 yo‘nalishda baholanadi:

         1. Mamlakatlarning jahon standartlariga muvofiq yuritiladigan statistik ma’lumotlari;

         2. Jamoatchilik va biznes hamjamiyati (investorlar) o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar natijalari;

         3. Uchinchi taraf (mustaqil ekspert va mutaxassislar) fikrlari.

         Xalqaro reytinglar dunyo mamlakatlaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va boshqa sohalarni statistik ma’lumotlar va so‘rovnomalar natijalarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Bunda obyektiv (faktlar, raqamlar) faktorlar bilan birga subyektiv (shaxslarning tasavvuri) faktorlar ham muhim ro`l o‘ynaydi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor xalqaro reytinglarni belgilashdan asosiy maqsad, xalqimiz farovonligini oshirish bilan birga, islohotlarning samarasini xalqaro reyting va indekslarda mustaqil baholashdan iborat.

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2019 yillar davomida qabul qilingan hujjatlari bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy sohalarni yoritib beruvchi hamda xorijiy davlatlar, investorlar va moliya tashkilotlari tomonidan yuqori baholanadigan 24 ta ustuvor xalqaro reyting va indekslar belgilab olingan. Shuningdek, vazirlik va idoralarda reyting va indekslar bilan ishlash jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etildi hamda Moliya vazirligi ushbu sohada davlat idoralari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi. So‘nggi yillar davomida xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘yicha respublikada muayyan ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan davr ichida O‘zbekiston Respublikasi “Biznes yuritish” reytingida
87 dan 69-pog‘onaga, “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 166 dan 140-pog‘onaga, “Logistika samaradorligi” indeksida 118 dan 99-pog‘onaga ko‘tarildi. Shu bilan birga, 2018 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasiga Standard&Poor`s hamda Fitch Ratings xalqaro reyting agentliklari tomonidan “BB-” (barqaror) suveren kredit reytingi berildi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimida mamlakatimiz 6-guruhdan
5-guruhdagi davlatlar qatoriga kiritildi.

Jahon amaliyotida aksariyat xalqaro yirik investorlar biron bir mamlakatga investitsiya kiritishida ushbu davlatning xalqaro moliya bozorlarida taklif etilgan obligatsiyalarining savdo jarayonlari, xalqaro maydondagi imidji, xususan, xalqaro reyting va indekslarda egallab turgan o‘rinlariga katta e’tibor qaratadilar.

Respublikamiz joriy yilda ilk xalqaro suveren kredit reytingi bilan
(BB- barqaror) xalqaro moliya bozoriga o‘zining birinchi xalqaro obligatsiyalari bilan kirib keldi va ushbu holat nufuzli xalqaro investorlar tomonidan yuqori baholandi. Taniqli “Global Capital” xalqaro moliyaviy nashriyoti tomonidan 2019 yilda O‘zbekiston MDH a’zolari orasida eng yaxshi emitentlar qatoriga kiritildi.

Bundan tashqari, quyida keltirilgan grafikda 2019 yilning 1-yarim yilligida 2018 yilning mos davriga nisbatan 0,7 mlrd. AQSh dollariga ko‘p sof to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilganligini ko‘rish mumkin.

Concrete

Manba: cbu.uz

        Mamlakatimizning ayrim xalqaro reytinglardagi o‘rni past darajada baholanib kelayotganligiga, reyting tashkilotlari tomonidan mamlakatimizda bir necha yillar oldin o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalaridan hozirgacha foydalanib kelishi hamda respublikada jadal suratlar bilan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda ularning ahamiyati to‘g‘risida aholi orasida shakllangan tasavvurlar o‘rtasidagi tafovutlar o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

         Ayrim xalqaro reytinglarda shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining o‘rni aks ettirilmaganligi esa ushbu reytinglarda davlatlarning aks ettirilishi ularni e’lon qilib boruvchi xalqaro tashkilotlarning talablari asosida bir necha bosqichda amalga oshirilishi bilan bog‘liqdir.

       Shuningdek, jahon tajribasida, davlatlarning aksariyat xalqaro reytinglarda sezilarli o‘zgarishlar qayd etishi uzoq muddat talab etishini hamda mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Jahon bankining “Boshqaruv sifati indikatorlari” (BSI) metodologiyasida davlatlarning xalqaro reytinglarda sezilarli o‘zgarishlarga erishishi uchun uzoq muddat (10 yil) talab etilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa har qanday mamlakatda rivojlanish jarayoni ma’lum bir vaqt va islohotlarni talab etishini ko‘rsatadi.

        Mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirishda yetakchi xorijiy mamlakatlarning amaliy tajribalarini o‘rganish va uni amaliyotda tatbiq etish bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Hukumati bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

        BAA tomonidan yo‘lga qo‘yilgan samarali tizim natijasini ushbu davlatning xalqaro reyting (indeks)lardagi yuqori natijalari orqali ko‘rish mumkin. Xususan, hozirgi kunda BAA “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 9-o‘rin, “Biznesni yuritish” va “Logistika samaradorligi” indekslarida 11-o‘rin, “Korrupsiyani tasavvur qilish” indeksida 23-o‘rin, “Global raqobatbardoshlik” indeksida 27-o‘rin, “Qonun ustuvorligi” indeksida 32-o‘rin, “Inson kamoloti” indeksida 34-o‘rin va “Global innovatsiya” indeksida 36-o‘rinni egallab turibdi.

        Ushbu hamkorlik doirasidagi o‘rganishlar va berilayotgan tavsiyalar mamlakatimizda islohotlarni jadal davom ettirish hamda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz o‘rnini yaxshilash uchun O‘zbekiston Hukumati tomonidan ishlab chiqilayotgan “Yo‘l xarita”larida aks etmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Noyabr 2019 18:16
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #KUNRAQAMI #KUNRAQAMI »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 357 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!