РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DXSh sohasida Oʼzbekiston-Koreya hamkorligi

06
Noyab 2019
122 marta ko'rildi

DXSh sohasida Oʼzbekiston-Koreya hamkorligi

Concrete

Koreya shaharsozlik rivojlanish va infratuzilma korporatsiyasi (KIND), Moliya vazirligi huzuridagi DXSh agentligi va Koreya Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “DXSh va infratuzilma sohasida Oʼzbekiston-Koreya hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

 Tadbirda mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar mutaxasisslari, DXSh loyihalariga qiziqish bildirayotgan Koreya kompaniyalari ishtirok etdi.

Concrete

Davra suhbatida Koreya hukumatiga DXSh loyihalarini amalga oshirishda koʼmaklashuvchi KIND tashkiloti mutaxasisslari DXShning istikbollari va global bozor tendentsiyalari, Koreyadagi DXSh loyihalarining amaliy tadqiqotlari va natijalari, shuningdek KIND tashkilotining Oʼzbekistondagi kelgusi faoliyati yuzasidn maʼlumot berishdi.

Osiyo taraqqiyot banki vakillari Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan DXSh loyihalari yuzasidan taqdimotlar oʼtkazishdi. Xususan, Oʼzbekistonda DXSh asosida transport tarmogʼini rivojlantirish boʼyicha maʼlumotlar taqdim etdi.

Koreya respublikasining Oʼzbekistondagi elchisi Kang Che Kvon, oʼz nutqida Oʼzbekiston va Koreya infratuzilma sohasini rivojlantirish boʼyicha hamkorligini kelgusida yanada rivojlantirish va mustahkamlashda mazkur tadbir muhim axamiyatga eganligini taʼkidladi.

Concrete

DXSh agentligi direktori G.Xoljigitovning taʼkidlashicha, DXSh loyihalarini amalga oshirishda Oʼzbekiston va Koreya yaqindan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari DXSh agentligi va "KIND" tashkiloti oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida ikki tashkilot oʼrtasida anglashuv memorandum imzolash rejalashtirilgan.

Tadbir ishtirokchilari Koreyada amalga oshirlayotgan DXSh loyihalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi. Shuningdek, Koreyalik ishbilarmonlar esa Oʼzbekistonda energetika, tarnsport, telekomunikatsiya, sogʼliqni saqlash, taʼlim sohlarida amalga oshirladigan DXSh loyihalari toʼgʼrisida batafsil maʼlumot olishdi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Noyabr 2019 15:12

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 450 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd