РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi-“mf.ijro.uz” imkoniyatlari va avzalliklari haqida seminar tashkil etildi

05
Noyab 2019
34 marta ko'rildi

Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi-“mf.ijro.uz” imkoniyatlari va avzalliklari haqida seminar tashkil etildi

Concrete

Jamiyat hayotining barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda, davlat hokimiyatining barcha boʻgʻinlarida ijro intizomining zarur darajada tashkil etilishiga bogʻliq.

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi eng koʻp hujjat keladigan vazirliklardan biri hisoblanadi. Vazirlikka bir kunda oʻrtacha 400 ga yaqin hujjat kirim qilinadi. Ularning har birini nazorat qilish, har birini ijrosini taʼminlash anchayin murakkab jarayon hisoblanadi. Aynan mana shu jarayonlarni tez, oson va sifatli amalga oshirish,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktyabrdagi “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3962-sonli qarori va 2017 yil 9 avgustdagi “Yagona idoralararo elektron ijro nazorati tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi        F-5017-son farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi      47-sonli Rayosat majlisining bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida 2018 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida “UNICON-SOFT” MChJ bilan hamkorlikda Ijro intizomini nazorat qilishning yagona tizimi-“mf.ijro.uz” dasturiy taʼminoti joriy etildi.

Concrete

Mazkur dastur imkoniyatlari va avzalliklari haqida vazirlik, idora va tashkilotlarga yaqindan tanishtirish maqsadida joriy yilning 1 noyabrь kuni seminar tashkil etildi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “UNICON-SOFT” MChJ masʼul xodimlari dasturning ichki imkoniyatlari va qulayliklari haqida tashrif buyurganlarga batafsil tushuntirib oʻtishdi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki “mf.ijro.uz” dasturiy taʼminoti vazirlik tizimidagi barcha hududiy boshqarmalari va tumanlaridagi boʻlimlarda, xususan moliya, gʻaznachilik, davlat moliyaviy nazorati va pensiya jamgʻarmasi boshqarmalarida ham joriy yilning 1-avgustiga qadar ishga tushirildi.

Mazkur “mf.ijro.uz”  dasturiy taʼminotidan vazirlik tizimidagi barcha departament, boshqarma, jamgʻarma va hududiy boʻlimlari tomonidan jami 5000 ga yaqin xodimlar samarali foydalanmoqda.

Dastur bir qator qulaylik va afzalliklarga ega:

1)      Dunyoning istalgan burchagidan internet tarmogʻiga ulanib dasturdan foydalanish mumkin

2)      Kirim qilingan hujjatlar bir necha daqiqada ijrochiga yetib keladi

3)      Vazirlikka hujjat yuborgan tashkilot va fuqarolar  oʻsha hujjatning ijrosi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot olishi mumkin

4)      Vazirlik tizimidagi hududiy tashkilotlarni nazorat qilish, yaʼni markazdan turib chekka bir tumandagi tashkilotning ijro intizomini nazorat qilish mumkin

5)      Vazirlik va idoralar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron hujjat aylanishi yoʻlga qoʻyilmoqda (hozirda 11 ta vazirlik va idoralar bilan ushbu tizim yoʻlga qoʻyilgan)

6)      Vazirlik tomonidan tayyorlanadigan hisobot shakllari dasturga joylashtirilgan, dastur avtomatik ravishda tayyor hisobotlarni chiqarib beradi

7)      Dastur foydalanuvchilariga maksimal qulayliklar yaratish uchun dastur interfeysi 3 ta tilda (oʻzbek, rus va ingliz) ishlaydi

8)      Foydalanuvchilarning dasturdagi har bir faoliyatini koʻrish va saqlash imkoniyati, yaʼni dasturda foydalanishdagi butun jarayon tarixi saqlanib qoladi

9)      Har kuni ertalab soat 9:00 da dastur foydalanuvchilariga nazoratdagi hujjatlari toʻgʻrisida sms xabarnoma keladi

10)    Foydalanuvchilar dasturga kirishda elektron raqamlli imzo kalitlaridan yoki login va parollardan foydalanishadi. Login va parol kiritilgach foydalanuvchining shaxsiy telefoniga sms kod keladi, shu kod orqali dasturga kirish mumkin

11)    Vazirlikdan chiquvchi hujjatlar roʻyxati, chiqish raqami va sanasi toʻliq dastur orqali avtomatik tarzda beriladi. Ijrochilar eski sana bilan hujjatga raqam ololmaydi

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 05 Noyabr 2019 18:31

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 225 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!