РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

04
Noyab 2019
163 marta ko'rildi

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

Korrupsiya-mansabdor shaxsning o‘z mansabi bo‘yicha berilgan huquqlarini shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir. Bugun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga doir juda ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil                     27-maydagi PF-5729-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini samarali ijrosini ta’minlash shuningdek korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Moliya vazirligining 2019-yil 5-iyuldagi 106-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar yuzasidan joriy yilning 1-noyabr kuni Navoiy viloyati moliya tizimida ishlayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Concrete

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D.Jumanazarov, Navoiy viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi hamda Navoiy viloyat prokuraturasi vakillari so‘zga chiqib korrupsiyaning salbiy oqibatlari va bugungi kunda unga qarshi qanday amaliy ishlar olib boliyotganligi haqida yig‘ilganlarga so‘zlab o‘tishdi.

Concrete

Shuningdek, tadbir davomida viloyat tumanlaridan tashrif buyurgan yosh xodimlar o‘rtasida bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha sohaga oid savol-javoblar o‘tkazilib g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Concrete

Tadbir so‘ngida sohada faol va samarali mehnat qilib kelayotgan yosh xodimlarga vazirlikning faxriy yorliqlari topshirildi.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 04 Noyabr 2019 18:38
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #KUNRAQAMI #KUNRAQAMI »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 274 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!