РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya vazirligi huzuridagi DXSh Agentligi va Energetika vazirligi qiymati bir milliard AQSh dollaridan ortiq boʼlgan yangi IES qurish loyihasini tayyorlashni boshladi

04
Noyab 2019
121 marta ko'rildi

Moliya vazirligi huzuridagi DXSh Agentligi va Energetika vazirligi qiymati bir milliard AQSh dollaridan ortiq boʼlgan yangi IES qurish loyihasini tayyorlashni boshladi

Concrete

Moliya vazirligi huzuridagi DXShni rivojlantirish agentligi hamda Energetika vazirligi va xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi. Unda dastlabki qiymati 1 milliard АQSh dollari boʼlgan yangi IES loyihasini tayyorlash boʼyicha navbatdagi chora-tadbirlar rejasi muhokama etildi.

Concrete

Energetika sohasida infratuzilmani modrenizatsiya qilish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yoʼnalishlaridan biri sanaladi. Yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish energetika, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda muhim sanaladi. Bu oʼz navbatida respublikaning ushbu sektorini barqaror rivojlanishini taʼminlaydi. Shu bilan bir qatorda yangi issiqlik elektr stantsiyalarini qurish orqali yuqori kuchlanish tartibga solinadi.

Joriy yilning oktabr oyi boshida DXSh Аgentligi, Eneretika vazirligi hamda Jahon banki ekspertlari guruhi bilan birgalikda Sirdaryo viloyatida DXSh asosida 1300 megavatt quvvatga ega boʼlgan IESni qurish boʼyicha bitim hamda tanlov savdolarini oʼtkazishda maslahat xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha shartnoma imzolangan edi.

Maʼlumot uchun: Sirdaryo IES- Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida joylashgan. Markaziy OSiyodagi eng yirik elektr stantsiyasi hisoblanadi. Umumiy quvvati 3000 MVt.( oʼnta energo blok 300 MVt)

 DXSh agentligida XMK konsultantlari bilan boʼlib oʼtgan uchrashuvda loyihani amalga oshirish (heads of terms) shartlari, DXSh kelishuvlari (Power purchasing agreement), loyihaga investitsiyalarni keng jalb etish metodlari, texnik, moliyaviy hamda yuridik ekspertizadan oʼtkazish masalalari muhokama etildi.

 XMK bilan dastlabki kelishuvlarga asosan, korporatsiya konsultantlari 14 oy ichida loyihaning texnik-iqtisodiy tahlilini tayyorlashadi. Moliyaviy va yuridik ekspertizasini amalga oshiradi. Tender xujjatlarini tayyorlaydi. DXSh kelishuvlari va tenderni amalga oshirib loyihani quruvchi gʼolib nomini eʼlon qilishadi.

Mazkur jarayonlarda XMK standartlarga mos tender xujjatlarini tayyorlashda koʼmaklashadi. Yirik xorijiy investorlarni loyihaga keng jalb etadi. Tanlovning shaffof, raqobatbardosh oʼtishini taʼminlaydi.

Maʼlumot uchun: Ekspertlar IESni qurishda bugʼ-gaz qurilmalarini birgalikda bunyod etish muhimligini qayd etishdi.

-bugʼ-gaz qurilmalari energiyani konvertatsiya qilish yoki uzatishda elektr koeffitsienti samardorligining 60%ga yetishini taʼminlaydi. Taqqoslab koʼrilsa alohida-alohida ishlaydigan qurilmalar odatda bu koʼrsatkichni 33-45% ga gaz turbinalari esa 28-42% gacha taʼminlaydi.

- Birgalikda oʼrnatilgan kuvvatlar narxi arzon

- Elektr energiyasini ishlab chiqarishda bugʼ-gaz qurilamalari -burgʼulash uskunalariga nisbatan ancha kam suv sarflaydi.

- 9-12 oy ichida qurilish ishlar oʼz nihoyasiga yetadi.

- Yoqilgʼini muntazam yetkazib berish boʼyicha ehtiyojlar kamayadi.

- Yangi kurilmalar bugʼ uskunlariga nisbatan ancha ekologik toza.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 04 Noyabr 2019 16:24

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 299 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!