РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2020 yilgi Davlat budjeti loyihasi toʼgʼrisida navbatdagi “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrining taqdimoti boʼlib oʼtdi

01
Noyab 2019
445 marta ko'rildi

2020 yilgi Davlat budjeti loyihasi toʼgʼrisida navbatdagi “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrining taqdimoti boʼlib oʼtdi

Concrete

Joriy yilning 1-noyabr kuni Moliya vazirligida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22-avgustdagi “Budjet maʼlumotlarining ochiqligini va budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ-3917-sonli qaroriga muvofiq tayyorlangan Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat budjeti loyihasi toʼgʼrisida navbatdagi “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrining taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Concrete

Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, Oliy Majlis palatalari vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro moliyaviy institutlar vakillari, shu jumladan xalqaro ekspertlar, tarmoq vazirlik va idoralarning vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida keng jamoatchilikka asosiy makroiqtisodiy koʼrsatkichlarlar prognozi, kelgusi yil uchun soliq-budjet siyosatining asosiy yoʼnalishlari, Konsolidatsiyalashgan budjet parametrlari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasining davlat qarzi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi.

Budjet siyosatida koʼzda tutilayotgan asosiy oʼzgarishlar haqida tushuntirishlar berildi, jumladan:

2020 yildan boshlab Davlat budjeti Oliy Majlis tomondian qonun shaklida qabul qilinishi hamda parlament ajratmalari tizimi joriy etilishi;

eng asosiysi – endilikda budjet sohalar boʼyicha emas vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanishi hamda bu orqali ularning vakolat va masʼuliyati oshirilishi koʼzda tutilayotganligi;

mahalliy Kengashlarning hamda davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va mahalliy budjetlarni shakllantirish va ijro etishdagi masʼuliyati oshirilishini koʼzda tutuvchi mexanizm joriy etilishi (yaʼni Oliy Majlis – respublika budjetidan mablagʼ oluvchi bosh taqsimlovchilar uchun parlament ajratmalarini tasdiqlasa, mahalliy Kengashlar – mahalliy budjetdan mablagʼ oluvchi hududiy taqsimlovchilar boʼyicha budjet ajratmalarini belgilaydi);

davlat budjetining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi nomidan yoki davlat kafolati ostida xorijiy davlatlardan yangi qarzlarni jalb qilish uchun cheklovlar qoʼyish orqali davlat qarzining xavfsiz chegarasini ushlab turilishi;

davlat budjetining taqdim etish shakli xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilganligi va bu orqali birinchi navbatda aholiga, shuningdek tashqi invsetorlarga va reyting agentliklariga bizning budjetimiz toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni ochiq-oydin koʼrsatish va bu orqali ularning ishonchini oshirish koʼzda tutilmoqda.

Taʼkidlash joizki, "Fuqarolar uchun budjet" nashrini tayyorlashda davlat budjeti toʼgʼrisida maʼlumot berish formatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ilgari boʼlgani kabi, budjet toʼgʼrisidagi maʼlumotlar keng auditoriya (barcha fuqarolar uchun) tomonidan qabul qilinishi uchun qulay boʼlgan infografika va jadvallar koʼrinishida taqdim etiladi.

"Fuqarolar uchun budjet" loyihasini ishlab chiquvchilar keyingi byulletenga tashabbusli budjetlashtirish boʼyicha yangi boʼlim qoʼshilganligini taʼkidladilar. Eslatib oʼtamiz, 2019 yildan boshlab fuqarolarning budjet mablagʼlarini taqsimlashdagi ishtiroki mexanizmi joriy etildi, bu esa jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tumanlar (shaharlar) budjetlarining qoʼshimcha manbalarining kamida 10 foizini ajratishni nazarda tutadi. Shunday qilib, fuqarolar “Ochiq budjet” axborot portalida takliflar kiritish va ovoz berishda qatnashish orqali mahalliy budjet mablagʼlarining qoʼshimcha manbalarini yoʼnaltirish kerak boʼlgan tadbirlarni mustaqil ravishda belgilashlari mumkin.

 “Fuqarolar uchun budjet” loyihasining navbatdagi nashrida tashabbusli budjetlashtirish doirasida amalga oshirilgan tadbirlar toʼgʼrisida maʼlumot beriladi. Bunda, budjet mablagʼlarining aniq miqdori va qaysi faoliyatga yoʼnaltirilganligi koʼrsatiladi.

Shuni taʼkidlashni istardimki, "Fuqarolar uchun budjet"ning nashr etilishi budjet maʼlumotlarining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash jarayonlariga mos keladi va aholining budjet savodxonligini oshirishda, fuqarolarning budjet jarayoniga jalb qilinishida samarali vosita boʼlib xizmat qiladi.

Sizga shuni eslatib oʼtamizki, barcha xohlovchilar Fuqarolar uchun budjet bilan davlat va rus tillarida Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida (www.mf.uz), shuningdek, Ochiq budjet axborot portalida (www.openbudget.uz) tanishishlari mumkin.

"Fuqarolar uchun budjet" axborot nashri hamda "Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yilgi Davlat budjeti toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi bilan birga seminar qatnashchilariga xalqaro valyuta jamgʼarmasi eksperti Marko Kanjiano tomonidan yillik budjet qabul qilishning xalqaro tajribasi haqida gapirib berildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 01 Noyabr 2019 17:32

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 497 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!