РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Osiyo taraqqiyot banki ijrochi direktori bilan uchrashuv

31
Okt 2019
131 marta ko'rildi

Osiyo taraqqiyot banki ijrochi direktori bilan uchrashuv

Concrete

Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasida rasmiy ishchi tashrif bilan bo'lib turgan Osiyo taraqqiyot banki Ijrochi direktori Inchang Song bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv avvalida Moliya vaziri o'rinbosari Odilbek Isoqov OTB O'zbekistonning muhim rivojlanish dasturlari va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda ishonchli hamkori ekanini ta'kidladi.

Concrete

Malumot uchun:

Ikki tomonlama hamkorlik davrida OTB 7,5 milliard AQSh dollari miqdoridagi 62 loyihani amalga oshirishni qo'llab-quvvatladi. Ushbu loyihalar sog'liqni saqlash, ta'lim, suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya, qishloq xo'jaligi, suv ta'minoti va kanalizatsiya, moliya sektori, energetika va boshqa sohalarni qamrab oladi. 2019 yil 1 oktabr holatiga ko'ra umumiy qiymati 2,57 milliard dollarga teng 35 ta loyiha yakunlandi. Umumiy qiymati 4,93 milliard AQSh dollariga teng 27 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan joriy yilda imzolangan  472 million AQSh dollarilik 3 ta loyiha.

Uchrashuv davomida, 3,79 milliard AQSh dollari miqdoridagi  27 ta loyihani birgalikda amalga oshirishni ko'zda tutuvchi Hamkorlik strategiyasi va 2019-2021 yillarga mo'ljallangan mamlakatning biznes-rejasi alohida qayd etildi.

OTB ijrochi direktori, tadbir so`ngida, uning tashkiloti umummintaqaning rivojlanishiga hissa qo`shuvchi O`zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 31 Oktyabr 2019 11:15
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « #KUNRAQAMI #KUNRAQAMI »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 529 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!