РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi yuzasidan

29
Okt 2019
254 marta ko'rildi

Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi yuzasidan

Concrete

Tourism Japan EXPO 2019 Xalqaro yarmarkasida ishtirok etish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi vakili boshchiligidagi alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar raxbarlaridan iborat delegatsiya Yaponiyaning Osaka shahriga joʼnab ketganligi toʼgrisida xabar bergandik.

2019 yilning 24-27 oktabr kunlari Xalqaro koʼzgazmalarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan alkogol mahsulotlarini (pivodan tashqari) taqdimoti va soʼnggi yillarda vino turizmini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar boʼyicha tarqatma maʼlumotlar koʼrgazma ishtirokchilariga tanishtirildi. Koʼzgazmalar davomida Yaponiyada alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.

Concrete

Yaponiyaga tashrifning ikkinchi qismida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini oʼrganish maqsadida, Oʼzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi hamrohligida Xanava shaxarchasida joylashgan “Sake Brewery Tonoikeshuzouten CO    ltd” korxonasiga tashrif buyurildi. “Sake Brewery Tonoikeshuzouten CO    ltd” prezidenti janob Tonoike Shigeki bilan Yaponiyanida Sake ishlab chiqarish tarixi va uning ishlab chiqarish jarayonlari boʼyicha davra suhbati oʼtkazildi.

Concrete

"Oʼzbekiston shampani" АJ hamda "Farovon" MChJ rahbar xodimlari tomonidan Yaponiyadagi alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlari yuzasidan berilgan savollarga janob Tonoike Shigeki tomonidan javob berildi.

Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan vinochilik mahsulotlariga juda katta qiziqish bildirildi va kelgusida ishlab chiqaruvchilarimiz tomonidan vinochilik mahsulotlarini eksport qilish masalasi yuzasidan bir qancha takliflar olindi.

Bundan tashqari bir qator Oʼzbekiston korxonalari bilan “Sake Brewery Tonoikeshuzouten CO    ltd” korxonasi oʼrtasida kelgusida Respublikasida hamkorlikni davom etish boʼyicha kelishuvga erishildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 29 Oktyabr 2019 15:37

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 383 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!