РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi (АССА) bilan MHXS boʼyicha oʼqitish masalalari muhokama qilindi

25
Okt 2019
503 marta ko'rildi

Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi (АССА) bilan MHXS boʼyicha oʼqitish masalalari muhokama qilindi

Concrete

2019 yilning 22-23 oktyabr kunlari Moliya vazirligi Diplomli sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasining (АССА) xalqaro ekspert vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdi va unda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) boʼyicha mutaxasislar tayyorlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun:

ACCA (The Association of Chartered Certified Accountants, 1904 yili Buyuk Britaniyada taʼsis etilgan) – moliya va buxgalteriya hisobi sohasidagi global xalqaro professional assotsiatsiya hisoblanadi, oʼzida 181 davlatdan 188 mingdan ortiq aʼzolarini va 480 mingdan ortiq talabalarni birlashtiradi.

АССА xalqaro sertifikatini olish uchun oʼquv dasturlari ingliz tilida olib boriladi va 13ta imtihonni topshirishni koʼzda tutadi.

Concrete

Shuningdek, АССА tomonidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – DipIFR (Diploma in International Financial Reporting) boʼyicha rus tilida maxsus oʼquv dasturi ham ishlab chiqilgan.

Xozirgi paytda АССАning “Moliya va biznesni boshqarish” diplomini olish uchun rus tilida yangi oʼquv dasturi va imtihon topshirish amaliyoti joriy etilmoqda.

Uchrashuvning asosiy maqsadi moliya, jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlashni nazarda tutuvchi buxgalter-auditor kasbini rivojlantirish boʼyicha oʼzaro xamkorlik qilish imkoniyatlarining dolzarb masalalarini muhokama qilishga qaratildi.

Concrete
Uchrashuvda moliya vazirining oʼrinbosari Dilshod Sultanov mamlakat iqtisodiyotining xozirgi rivojlanish bosqichida MHXS keng qoʼllagan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga oʼtish jarayoni jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʼtdi. Shuningdek, MHXSni amaliyotga joriy etishning turli xil bosqichlarida axborot-targʼibot muhiti va xalqaro standartlarni qoʼllash boʼyicha amaliy koʼnikmalarga ega boʼlgan yuqori malakali mutaxasislar yetishmovchiligi bilan bogʼliq boʼlgan ayrim qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Hozirgi kunda Oʼzbekiston Respublikasida MHXS va auditning xalqaro standartlari (АXS) joriy etilmoqda va bu oʼz navbatida xalqaro standartlarni amaliyotda qoʼllash boʼyicha buxgalter va auditorlarni professional jihatdan tayyorlashni talab etadi.

Uchrashuv jarayonida АССА vakillari АССАning turli davlatlar bilan hamkorlik natijasida toʼplangan tajribasidan kelib chiqib АССА xalqaro sertifikati doirasida mutaxassislarni tayyorlash, oʼquv jarayonini, imtihon topshirish va sertifikat olishni tartibga solish toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berishdi.

АССА mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan taqdimot materiallarining yakuniy natijasi asosida АSSАning “Moliya va biznesni boshqarish” diplomini olish boʼyicha oʼquv dasturlari va imtihon topshirishni nazarda tutuvchi АССА xalqaro sertifikati doirasida kadrlar tayyorlashning asosiy masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga uchrashuv ishtirokchilari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʼshadigan hisob, audit, moliya va menejment sohalarida keng qamrovli mutaxassislarni tayyorlash yoʼnalishlari boʼyicha hamkorlikni davom ettirish istagi borligini bildirishdi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 25 Oktyabr 2019 11:30

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 310 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd