РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi ma'murining maxsus maslahatchisi boshchiligidagi BMTTD delegatsiyasi bilan uchrashuv

24
Okt 2019
205 marta ko'rildi

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi ma'murining maxsus maslahatchisi boshchiligidagi BMTTD delegatsiyasi bilan uchrashuv

Concrete

Joriy yilning 23 oktyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibining yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi ma'murining maxsus maslahatchisi Abdullay Mar Diy boshchiligidagi BMTTD delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv boshida janob Abdullay Mar Diye Moliya vazirini yaqinda erishgan e’tirof -  "GlobalMarkets" nashri fikriga asosan "Yilning eng yaxshi Moliya vaziri" mukofoti bilan tabrikladi va davlatning iqtisodiy rivojlanishi yo’lida olib borilayotgan islohotlar muhimligini ta'kidladi. So'nggi yillarda xalqaro maydonda o'zbekistonlik mutaxassislarga hurmat va e'tibor tobora ortib borayotganini ta'kidlandi. Iqtisodiy sohadagi islohotlarning siyosiy va ijtimoiy sohalarga ta'siri, shu bilan birga, hukumat olib borayotgan siyosat Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadlari bilan ham uyg'unligi, bu esa kelgusi yillarda O'zbekiston aholisining turmushi farovonligi va yaxshilanishiga ishonchni yanada mustahkamlanishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, BMTTD vakillari texnik yordam bo’yicha hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdilar.

Concrete

Uchrashuv davomida islohotlarning shaffofligini oshirishning ahamiyati ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar moliyaviy va texnik sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelgusi uchrashuvlar to'g'risida kelishib oldilar.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 24 Oktyabr 2019 15:43

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 487 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!