РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Kompensatsiyalar qanday yetkazilmoqda?

23
Okt 2019
375 marta ko'rildi

Kompensatsiyalar qanday yetkazilmoqda?

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini toʼliq joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 866-son qaroriga muvofiq 2019 yil 1 oktabrdan un va qolipli non xarid qilish boʼyicha qoʼshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pul kompensatsiyasi 22 300 soʼmdan 50 000 soʼmga oshirildi.

Mamlakatimizdagi 1,3 mln nafardan ortiq fuqarolarga kompensatsiya toʼlovlarini oʼz vaqtida yetkazilishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʼarmasi tomonidan talab qilingan mablagʼlar 2019 yil 18 oktabr sanasida toʼliq moliyalashtirilib berildi hamda Pensiya jamgʼarmasi tomonidan kompensatsiyalarning oshgan miqdorlarini fuqarolarga joriy oyda yetkazilishi yuzasidan tegishli choralar koʼrilgan.

Concrete

Jumladan, Pensiya jamgʼarmasi tomonidan kompensatsiyalarning oshgan miqdorlari farqi boʼyicha qoʼshimcha vedomostlar tuzilib, 2019 yilning 16-17 oktabr sanasida tijorat banklari hamda Xalq banki filiallariga yetkazildi. Shuningdek, mazkur toʼlovlar uchun mablagʼlar 16 oktabrdan 19 oktabrgacha toʼliq moliyalashtirildi.

Xususan, toʼlovlarni bank plastik kartalari orqali oluvchilarning hisob raqamlariga kompensatsiya mablagʼlari (oshgan miqdor farqi) joriy yilning 17 oktabr sanasida toʼliq yuklandi.

Bundan tashqari, toʼlovlarni naqd pul shaklida oluvchilarga mablagʼlar Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan mahalla fuqarolar yigʼinlariga borgan holda yetkazilmoqda. Shuningdek, yotoqdagi hamda mustaqil xarakatlanishi cheklangan fuqarolarga kompensatsiya toʼlovlari bevosita ularning yashash joyiga yetkazilmoqda.

Concrete

Maʼlumot uchun:

Xalq banki tomonidan pensiya, nafaqa va kompensatsiyalar mahalla fuqarolar yigʼinlari boʼyicha tasdiqlangan grafikka muvofiq har oyning 27 sanasiga qadar navbatma-navbat yetkazilishi belgilangan.

Ushbu grafikka muvofiq, oyning avvalgi kunlarida toʼlovlar yetkazilgan mahalla fuqarolar yigʼinlariga Xalq bankining sayyor kassasi tomonidan qaytadan borilib, kompensatsiyalarning oshgan miqdorlari farqi toʼlab beriladi
Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 23 Oktyabr 2019 18:28

1 izoh qoldirish uchun

  • Саттор
    Саттор Comment Link 27 Oktyabr, 2019 5:19 pm

    С таким размером компенсации... это издевательство над своим Народом !

    Report

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 230 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd