РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

TIL-MILLAT KO‘ZGUSI

22
Okt 2019
233 marta ko'rildi

TIL-MILLAT KO‘ZGUSI

Concrete

Joriy yilning 21-oktyabr kuni, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yil to‘lishi munosobati bilan “Til-millat ko‘zgusi” shiori ostida taniqli fan va san’at vakillari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbek adabiyoti yorqin namoyondalarining she’rlaridan tayyorlangan videorolik namoyishidan boshlandi. Undan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i B.Nurmatov bugungi muhim sana bilan yig‘ilganlarni tabriklab, o‘zbek tilining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tdilar. Mutaxassis Marhabo Sobirova esa yig‘ilganlarga O‘zbek tilining tarixi va O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinishi, undagi moddalarga sharhlar berib, misollar bilan gapirib o‘tdi. Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri aktyori Xayrullo Inog‘omov esa ishtirokchilarga spektakllardan parchalar namoyish etdi.

Concrete

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi xodimlari ham ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy qism komandiri o‘rinbosari U.Hasanov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini bugungi muhim sana bilan tabriklab, o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.

Concrete

Umuman olganda tashkil etilgan mazrkur tadbir ishtirokchilarning ongida bir umrga muhrlanib, O‘zbek tilining naqadar boy va jozibali til ekanligiga yana bir bora amin bo‘lishdi.

Takidlash joizki, Moliya vazirligi hodimlar o‘rtasida shu tadbir doirasida ona tili bag‘ishlangan insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 22 Oktyabr 2019 16:29

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 276 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd