РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“Global Marketets” nashridagi Jamshid Qo'chqorov haqidagi maqola

21
Okt 2019
117 marta ko'rildi

“Global Marketets” nashridagi Jamshid Qo'chqorov haqidagi maqola

Concrete

Jamshid Qo'chqorov so'nggi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha eng tezkor dasturlardan birini ishonchli bo'shqargan. Odatda sobiq Sovet respublikalarida saqlanib qolgan ko'p yillik cheklovlardan so'ng, Prezident Mirziyoyev Qo'chqorovga valyuta bozorlarini erkinlashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish va mamlakatning xalqaro obligatsiyalar bozorida debyutini amalga oshirish jarayonlarini boshqarishni ishonib topshirdi.

Ba'zi islohotlarni amalga oshirish jarayoni nisbatan oson kechadi. "Ayirboshlash kursini liberallashtirish yoki statistik ma'lumotlarni oshkor qilish yoqimli, hamma bundan xursand", deydi Qo'chqorov.

Shuningdek hukumat O'zbekistondagi bir qator davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko'rish va tartibga solish funksiyalarini biznes rolidan ajratilishini ta'minlash uchun isloh qilishni maqsad qilgan.

Qo'chqorovning ta'kidlashicha, o'zgarishlar samaradorlik va shaffoflikni ta’minlash uchun zarur, ammo bu ular har doim ham keng qabul qilinishini anglatmaydi. “Korxonalarni, xususan energetika kompaniyalarini restrukturisatsiyasi ba'zan subsidiyalar bekor qilinishini va energiya narxlarining ko'tarilishini anglatadi. Bu borada turlicha fikrlar mavjud - kimdir qo'llab-quvvatlasa, kimdir qarshi”.

Hukumat uchun moliyaviy va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, shu bilan birga aholining fikrini hisobga olgan holda fuqarolarning manfaatlarini ta'minlash muhimdir. "Bizning asosiy vazifalarimizdan biri - ommaviy axborot vositalari bilan har tomonlama hamkorlik qilishdir, bu islohotlar mazmuni va ulardan kutilayotgan natijalarni aholiga to’laqonli yetkazishda yordam beradi", deydi Qo'chqorov.

Daromad solig'ini yagona stavka bo'yicha 12% darajasigacha tushirish keng tarqalgan chora hisoblanadi, Qo'chqorovning ta'kidlashicha, ushbu qaror "O'zbekistonda qiymat zanjirini rag'batlantirish" uchung keng ahamiyat kasb etadi.

Islohotlar dasturining yuqori maqsadlariga qaramay, mamlakat byudjetida kichik miqdordagi taqchillik kuzatilmoqda. Bu esa o'z o'rnida, mamlakatni, xalqaro kapital bozorining yangi ishtirokchisi sifatida tahlil qiluvchi sarmoyaviy hamjamiyat oldida ishonchli o'ringa qo'yadi. 

Oxirgi o'zgartirish Juma, 25 Oktyabr 2019 17:22

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 317 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd