РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining asosiy reytinglardagi ko`rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

17
Okt 2019
104 marta ko'rildi

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining asosiy reytinglardagi ko`rsatkichlarini yaxshilash bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Concrete

Jahon iqtisodiy forumining (keyingi o`rinlarda – JIF) Global raqobatbardoshlik indeksi (keyingi o`rinlarda – GRI) mamlakatning iqtisodiy o`sish istiqbollarini hamda o`z fuqarolarining yuqori darajadagi farovonligini ta`minlash imkoniyatini baholaydi. Ushbu indeks, o'z navbatida, davlatning mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi darajasini ko'rsatadi.  

Lekin, O`zbekiston Respublikasi GRIga kiritlmagan.

I. Hozirgi vaqtda Moliya vazirligi Jahon iqtisodiy forumi vakillari bilan birgalikda respublikanining GRIga kiritilishi bo'yicha ish olib bormoqda.

JIF mutasaddilari bu uzoq jarayon ekanligini ma’lum qildilar va buning sabablarini quyidagicha izohladilar:

      - birinchi bosqichda, 2020 yilning 1 yanvariga qadar JIF O'zbekistonda faoliyat yuritadigan nodavlat ilmiy-tadqiqot institutlari, xususiy universitetlar yoki  agentliklar orasidan bittasini o`zining hamkori sifatida tanlab oladi. JIF tomonidan tanlangan tashkilot kichik korxonalar, yirik korporatsiyalar, aksionerlik jamiyatlari, shuningdek, O'zbekistonda faoliyat olib boruvchi xorijiy kompaniyalar (filiallari) orasida maxsus so'rovnoma o'tkazadi;

      - JIFning O'zbekistondagi hamkor tashkiloti 2020 yilda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari to'g'risida hisobot berishi kerak;

 II. Yuqoridagi jarayonlar yakunlanib, hisobotlar topshirilganidan so`ng, mamlakatimiz 2021 yilda rasmiy ravishda GRIga kiritilishi mumkin. JIF xodimlari tomonidan berilgan izohga ko`ra, JIF birinchi navbatda olingan so`rovnoma natijalarini O`zbekiston ko`rsatkichlarining haqiqiy tendensiyalari bilan qay darajada mos kelishini tekshirib ko`rishi zarur. Ikkinchidan, ushbu tendensiyalar mahsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib borilishi va tahlil qilinishi lozim.

JIF tomonidan O`zbekistonning GRIga kiritish jarayoni 2 yil muddat talab etishini inobatga olib, yuqorida ko`rsatilgan hamkorlik shartlariga rioya qilgan holda O`zbekiston Respublikasining GRIdagi o`rni 2021 yildan boshlab aks ettirib borilishi kutilmoqda.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 Oktyabr 2019 17:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 285 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!