РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Humo plastik kartasi bilan integratsiya

16
Okt 2019
53 marta ko'rildi

Humo plastik kartasi bilan integratsiya

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

Humo kartalari egalari  NFC texnologiyasi yordamida kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirishi mumkin, bu esa, jarayonni soddalashtirib, to'lov o'tkazishga ketadigan vaqtni tejaydi. 50 ming so'mgacha bo'lgan to'lovlar amalga oshirilganda, PIN-kod kiritish talab etilmaydi.

2019 yil aprel oyida Humo to‘lov tizimi ishga tushirildi va may oyidan boshlab tegishli plastik kartalar tarqatilishi boshlandi. Endilikda UzASBO DM orqali Humo plastik kartalariga ham plastik vedomostlarni elektron jo‘natish imkoniyati yaratildi. Buni amalga oshirish uchun dasturga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:        

- xodimning Humo tizimida ishlovchi plastik kartasi ma’lumotlarini kiritish uchun salary.mdm.uz ning Ma’lumotlar-Tashkilot ma’lumotnomasi-Xodimlar (Spravochniki-Spravochniki organizatsii-Sotrudniki) orqali tegishli xodim tanlanib, Tahrirlash tugmasi bosiladi va INPS va Plastik ma’lumotlari qismidagi Plastik karta raqami (Humo) joyiga karta raqami, Ismi, sharifi (bankdagidek Humo) joyiga xodimning plastik karta ochishda ko‘rsatilgan ma’lumotlarini kiritish mumkin. Dastur Plastik karta raqami (Humo) joyiga karta raqamini kiritishda uning so‘nggi 3 ta raqami 200 dan katta ekanligini tekshiradi.

- UzASBO dasturiy majmuasning oylik modulidagi Документы-Расчёт зарплаты-Платёжная ведомость (Plastikovaya kartochka) qismida plastik vedomostni tuzishda HUMO, UZCARD turlarini tanlash imkoniyatlari yaratildi.

Ushbu dasturga kiritilgan o‘zgarish bugungi kundagi foydalanish uchun qulay bo‘lgan XUMO plastik kartalriga pullarni tezda va vaqtni tejagan holda o‘tkazish uchun xizmat qiladi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 Oktyabr 2019 14:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 288 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd