Print this page
16
Okt 2019
564 marta ko'rildi

Aholi keng qatlamlari uchun arzon uy-joylarni qurish masalalari yuzasidan xususiy qurilish tashkilotlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5715-sonli farmoniga muvofiq, arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligi tahlili, shuningdek, ularni birlashtirish va ko’nsolidatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi, shu jumladan aholining keng qatlamlarini turar-joy binolari va kvartiralar bilan ta'minlash uchun kreditlash shartlarini qayta ko'rib chiqish nazarda tutilgan.

Concrete

Uy-joy qurilishi sohasida raqobatni yanada rivojlantirish, shuningdek ipoteka kreditlash mexanizmlaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish va kengaytirish maqsadida Moliya vazirligida xususiy qurilish kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv ishtirokchilariga uy-joy qurilishi sohasida olib borilayotgan davlat siyosatidagi o'zgarishlar, shu qatorda xususiy qurilish kompaniyalarini jalb qilish va barcha ishtirokchilarga teng sharoitlar yaratish orqali uy-joy qurilishi sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan ma'lumot berildi.

Uchrashuv davomida xususiy qurilish kompaniyalari vakillari uy-joylarni moliyalashtirish tizimi, narxlarni belgilash mexanizmlari, import qilingan va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish, xonadonlar sotilishi holati to'g'risida ma'lumot berib o'rishdi.

Bundan tashqari, uy-joy qurilishi rejalashtirilgan yer uchastkalari infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bilan bog'liq muammolar ko'tarildi.

Xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan qurilayotgan turar-joy komplekslari asosan o'rta va yuqori daromadli aholiga yo'naltirilganligi ta'kidlab o'tildi. Uchrashuv chog'ida xususiy qurilish kompaniyalari tomonidan aholining keng qatlamlari, shu jumladan, uy-joylar uchun subsidiyalar mexanizmlari doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun ham mavjudligi masalalari muxokama qilindi.

Shu bilan birga, yig'ilishda bozor tamoyillari asosida aholining barcha toifalari uchun ipoteka kreditlari olish imkoniyatini oshirish bo'yicha qo'shimcha choralar ko'rish zarurligi ta'kidlandi.

Yig'ilishda Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, shuningdek, xususiy qurilish kompaniyalari - "Vita Stroy", "Olmos Qurilish Invest", "Archidea Group" MChJ, "Murad Buildings", "NovaStroy" va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 17 Oktyabr 2019 17:10
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd