РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan 2019 yil 14 oktabr kuni Respublikamizdagi Ommaviy axborot vositalar vakillari bilan oʼtkazilgan press-tur yuzasidan

15
Okt 2019
365 marta ko'rildi

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan 2019 yil 14 oktabr kuni Respublikamizdagi Ommaviy axborot vositalar vakillari bilan oʼtkazilgan press-tur yuzasidan

Concrete

Mamlakatimizda tadbirkorlik subʼektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy sektorni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini liberallashtirish, aholining sogʼliqni saqlash sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 5 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5656-sonli Farmoni qabul qilindi. 

Mazkur Farmonga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilindi.

Yuqoridagi Farmonga asosan Inspeksiyaga isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʼyicha faoliyatni litsenziyalashtirish, ularni ishlab chiqarish hamda ularning aylanmasi hajmlarini monitoring va nazorat qilish boʼyicha axborot tizimlarini joriy etish va rivojlantirish, korxonalar oʼrtasida isteʼmol etil spirtini belgilangan tartibda taqsimlash kabi bir qator vazifa va funktsiyalar yuklandi. 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 iyundagi 474-son qarori bilan Inspeksiyaning nizomi tasdiqlandi, shuningdek joriy yilning 23 avgustdagi 707-sonli qarori bilan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini litsenziyalashning yangi tartibi tasdiqlandi.
Concrete

Joriy yilning sentyabr oyida Inspeksiya tomonidan “Davr sharob” MChJ “Samarqand Aqua Line” MChJ hamda “Bulungʼur-1” MChJ korxonalariga alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalar rasmiylashtirib berildi.

Concrete

Bundan tashqari, 2019 yil 10 iyuldagi PQ-4389-sonli qaroriga asosan ayrim tovarlarni markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotlarni hisobga olishni elektron bazasi yaratilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 5 ta korxonada va 2020 yil II chorak yakuniga qadar barcha etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda joriy etish koʼzda tutilgan.

Etil spirti va alkogol va tamaki mahsulotlarini savdosini shaffofligini, oshkora va xolis savdoni yoʼlga qoʼyish uchun elektron platforma tashkillashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Etil spirti va alkogol ishlab chiqaruvchi korxonalarning sotgan tovar soni, oʼlchov birligi, summasi va unga hisoblangan aktsiz soligʼi hamda QQSlarni hisobini doimiy nazoratini olib borish maqsadida elektron schyot faktura yuritish ishga tushirildi. Hozirgi vaqtda etil spirti ishlab chiqaruvchi 4 ta, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 44 ta, ulgurji sharobsavdo bazalaridan 72 ta, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 2 ta hamda tamaki mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi 16 ta korxonalarda elektron hisobvaraq-fakturalar yuritilishi taʼminlandi.

Etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda kunlik ishlab chiqarish, sotish va qoldiqlarini nazorat qilib borish, axborot tizimini yaratish maqsadida elektron hisoblagichlar oʼrnatish yuzasidan dasturiy taʼminotlardan foydalanish uchun kontseptsiya ishlab chiqilgan va texnik topshiriqlar ustida ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birgalikda, Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining 2011 yil 5 oktabridagi OʼRQ-302-sonli qonunining 13-moddasiga (sohaga oid) quyidagi oʼzgartirishlar qabul qilindi.

- Аlkogol va tamaki mahsulotlarini olib kirish va realizatsiya qilishga doir cheklashlar Respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer isteʼmol idishlarida olib kirish taqiqlanadi, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.

-  Аlkogol va tamaki mahsulotlarini taʼlim, sport va diniy muassasalardan toʼgʼri chiziq boʼyicha 200 (ikki yuz) metrdan kam masofada joylashgan savdo obʼektlari tomonidan (bundan umumiy savdo maydoni 1000 (ming) kvadrat metrdan ortiq boʼlgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilonlarida savdo qilish mustasno) realizatsiya qilish taqiqlanishi belgilab qoʼyilgan.

Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan “Аmalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʼyxati toʼgʼrisida”gi 222-II-sonli Qarorining 1-ilovasiga koʼra, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsuloti (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish hamda alkogol mahsulotining ulgurji savdosi boʼyicha faoliyat litsenziyalanadi.

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi 

Moliya vazirligi Аxborot xizmati.
 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 Oktyabr 2019 16:07

1 izoh qoldirish uchun

  • Sobir
    Sobir Comment Link 16 Oktyabr, 2019 9:39 pm

    Shu bilan birgalikda, Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasining 2011 yil 5 oktabridagi OʼRQ-302-sonli qonunining 13-moddasiga (sohaga oid) quyidagi oʼzgartirishlar qabul qilindi.

    - Аlkogol va tamaki mahsulotlarini olib kirish va realizatsiya qilishga doir cheklashlar Respublika hududiga alkogol mahsulotlarini polietilen, polistirol va boshqa polimer materiallardan tayyorlangan polimer isteʼmol idishlarida olib kirish taqiqlanadi, pivo va vino mahsulotlari bundan mustasno.

    - Аlkogol va tamaki mahsulotlarini taʼlim, sport va diniy muassasalardan toʼgʼri chiziq boʼyicha 200 (ikki yuz) metrdan kam masofada joylashgan savdo obʼektlari tomonidan (bundan umumiy savdo maydoni 1000 (ming) kvadrat metrdan ortiq boʼlgan savdo majmualari (bozorlar) va yarmarka pavilonlarida savdo qilish mustasno) realizatsiya qilish taqiqlanishi belgilab qoʼyilgan.

    Ushbu ozgartirish, qachon va qaysi qonunga asosan kiritilganligi haqida ma'lumot bersangiz, alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish ruhsatnomasi olishda mumamola kelib chiqmoqda.

    Report

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 310 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!