РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

"Isteʼmol etil spirti va alkogol maxsulotlari aylanmasi axborot tizimida ish yuritish" boʼyicha oʼquv seminar

15
Okt 2019
22 marta ko'rildi

"Isteʼmol etil spirti va alkogol maxsulotlari aylanmasi axborot tizimida ish yuritish" boʼyicha oʼquv seminar

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-sonli qarorida, korxonalar tomonidan 2019 yil 1 iyundan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogolь va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi korxonalar tovar-transport hujjatlari va tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnomalar bilan birga olib boriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritishga majburiy tartibda oʼtishi belgilangan.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 11 oktyabrida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish Inspektsiyasi binosida, Inspektsiyaning boshqarma va boʼlim boshliqlari, Davlat soliq qoʼmitasi yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi va Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti xodimlari hamda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar masʼul xodimlari ishtirokida oʼquv amaliy seminari oʼtkazildi.

Seminar mavzusi qatnashchilar oʼrtasida qizgʼin munozaralarga sabab boʼldi, hamda qatnashchilar elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritishda kelib chiqayotgan muammolar oʼz yechimini topdi. Seminar qatnashchilari oʼzlarini qiziqtirgan barcha savollariga toʼliq javob olishdi, hamda kelgusida bu kabi seminarlarni koʼproq tashkillashtirish oʼzaro fikr almashinishga munosib zamin boʼlishini taʼkidlab oʼtishdi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 Oktyabr 2019 11:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 220 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!